QamashiOʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1978-yildan). Qamashi tumani markazi (1974-yil 23-dekabrgacha Qamashi qishlogʻi). Transport yoʻli stansiyasi. Qamashidan Qarshi shahrigacha 63 km. Mahalliy maʼlumotlar boʻyicha Q nomi oʻzbekqoʻngʻirot urugʻining qamaychi tarmogʻi nomidan olingan. Aholisi 34 ming kishi (2005). Qamashida paxta tozalash zavodi, koʻrpa paxta fabrikasi, qurilish materiallari kombinati va boshqa qurilish tashkilotlari, MTP, 2 avtokorxona,Qamashi cherry avtosaloni,kompyuter klublari,IT park,istirohat bog‘lari,ko‘p qavatli turar joylar,texnika va oziq-ovqat doʻkonlari tarmog‘i,"Langar ota ziyoratgohi" "Mikron" firmasi (makaron ishlab chiqaradi), terini qayta ishlash korxonasi, momiq fabrikasi, ishlab turibdi. Kichik, oʻrta biznes va yirik korxonalar, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Qoʻshma korxonalar mavjud. 2 litsey, 32 kasb-hunar kolleji, 5 umumiy taʼlim maktabi, bolalar musiqa va sport maktablari, tuman markaziy kutubxonasi, klub muassasalari, madaniyat uyi bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, dorixonalar va tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Qamashidan viloyat markazi (Qarshi shahri) gacha avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.[1]

Qamashi
shahar
38°49′27″N 66°27′39″E / 38.82417°N 66.46083°E / 38.82417; 66.46083
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Qamashi tumani
Aholisi
33 800
Vaqt mintaqasi UTC 5
Telefon kodi 998
Qamashi xaritada
Qamashi
Qamashi

Manbalar

tahrir
  1. "Qamashi" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil