Henri René Albert Guy de Maupassant (talaffuzi: Anri Rene Alber Gi de Mopassan; 1850-yil 5-avgust, Turvilyasyur-Ark yaqinidagi Miromenil qalʼasi — 1893-yil 6-iyul, Parij) – fransuz yozuvchisi.

Mopassan Gi de
Tavalludi 5-avgust 1850-yil
Vafoti 6-iyul 1893-yil(1893-07-06)
(42 yoshda)
Ijod qilgan tillari Fransuz tili[1]
Fuqaroligi Fransiya

Hayoti

tahrir

Ruan liseyini tugatgan. 1870–1871-yillarda Fransiya-Prussiya urushi qatnashgan, Gyustav Floberning shogirdi, rus alibi Ivan Turgenevni ustoz sanab, unga bagʻishlab maqolalar yozgan. Adabiyotga 1880-yilda sheʼrlar toʻplami va „Doʻndiq“ novellasi bilan kirib kelgan. U 6 roman, 18 hikoyalar toʻplami, ocherk va pyesalar, koʻplab maqolalar va boshqa asarlar muallifi. Mopassan ijodi uchun turmushni obyektiv tasvirlash, tilining sodda (tabiiy) va taʼsirchanligi, „hayotni oʻzidanda ishonchli tasvirlash“, qahramonlar obrazini ularning xarakter va his-tuygʻulari orqali yaratishga intilish xarakterli. Mopassan maʼnaviy qashshoq, mu-nofiq kishilar obrazining butun bir silsilasini yaratgan („Javohirot“, „Oila bagʻrida“, „Vasiyatnoma“ „Bochkacha“, „Iblis“ va boshqalar). Uning „Daydi“, „Shkaf“, „Gadoy“ kabi novellalarida turmush qaʼriga uloqtirilgan notavonlar hayoti tasvirlangan. Muhabbatni mol-dunyodan iborat deb biluvchi, shu bois har qadamda oʻzini sotishga tayyor ayollar obrazi „Ivetta“, „Haqqoniy tarix“ va boshqa asarlarida mahorat bilan chizilgan. Mopassan sof muhabbat („Oy yogʻdusi“, „Baxt“)ni kuylaydi va maʼnaviy yuksak oddiy kishilarni qadrlaydi („Simon ota“, „Marten qizalogʻi“), vatanparvar va jasoratli insonlarni tarannum etadi („Doʻndiq“, „Madmuazel Fifi“, „Milon amaki“). Uning „Hayot“ (1883), „Azizim“ (1885), „Mont-Oriol“ (1886), „Pyer va Jan“ (1887—88) kabi romanlarida umumba-shariy mavzular, mansabparastlar qismati, boylik orttirishga xuruj qilish yuksak mahorat bilan tasvirlab berilgan. „Oʻlimdek kuchli“ (1889), „Bizning qalb“ (1890) romanlarida esa psixologik ruh kuchli. „Hayot“, „Azizim“ romanlari (Ibrohim Gʻafurov tarjimasi) va bir qancha hikoyalari oʻzbek tiliga tarjima kdlingan[2].

Adabiyotlar

tahrir
  • Raskin B. L., Gi de Mopassan, v sb., Pisateli Fransii, M., 1964;
  • Istoriya fransuzskoy literaturi, M., 1987.

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. „Mopassan Gi de“ OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir