Malta
Malta (Malta), Malta Respublikasi (Republika ta’Malta) — Oʻrta dengiz markaziy qismidagi Malta arxipelagi orollar guruhida joylashgan davlat. Orollarning yiriklari: Malta, Gotso va Komino. Maydoni 396 km². Aholisi 394 ming kishi (2001). Poytaxti — Valletta shahri
Malta Respublikasi Repubblika ta' Malta
| |
---|---|
Shior: Yoʻq | |
Madhiya: L-Innu Malti | |
Poytaxt | Valletta |
Eng katta shahar | Birkirkara |
Rasmiy til(lar) |
Maltacha Inglizcha |
Hukumat | Parlamentlik Respublika |
George Vella | |
Robert Abela | |
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan) | |
• Sana |
21-sentabr 1964 |
Maydon | |
• Butun |
316 km2 (208-oʻrin) |
• Suv (%) |
0.001 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
398,534 (174-oʻrin) |
• Zichlik | 1261/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$7,568 mil. (147-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$18,990 |
Pul birligi | Euro (EUR) |
Vaqt mintaqasi | UTC 1 |
• Yoz (DST) |
UTC 2 |
Qisqartma | MT |
Telefon prefiksi | 356 |
Internet domeni | .mt |
|
Davlat tuzumi
tahrirM. — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1964-yilda qabul qilingan; unga 1974, 1987-yillarda tuzatish va oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1999-yil 4-apreldan Gvido de Marko); u parlament tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qo-nun chiqaruvchi hokimiyatni Vakillar palatasi (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Bosh vazirni prezident tayinlaydi.
Tabiati
tahrirMalta orolning janubiy vajanubi-gʻarbiy qirgʻoklari tik, koʻp gor bor, shimoliy va Shimoli-sharqiy qirgʻoqlari past va qulay gavanlardir. Orollar, asosan, ohaktoshlar, gil tuproqlardan tashkil topgan. Platolar kup. Iklimi — Oʻrta dengiz iqlimi. Yozi issiq, quruq; qishi iliq, yomgʻirli. Fevralning oʻrtacha temperaturasi 12°, avgustniki 25°. Oʻrtacha yillik yogʻin 530 mm ga yaqin. Oqar suvlari kam.
Aholisining 98% ga yaqini maltiylar; inglizlar va italyanlar ham yashaydi. Katolik dinihukmron. Rasmiy til — malta va ingliz tillari. Aholining 85% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Valletta, Birkirkara, Hamrun, Rabot, Viktoriya.
Tarixi
tahrirM. hududida odamlar miloddan avvalgi 4ming yillikdan yashay boshlagan. Orol miloddan avvalgi 13-asrdan finikiylar, karfagenlar, rimliklar, milodiy 395— 870 yillarda Vizantiya, 870—1091-yillarda arablar koʻl ostida boʻlgan. 1091-yilda M. normannlar tomonidan bosib olindi, keyinroq Sitsiliyaga birlashtirildi. 1530-yil M.da ioannitlar (diniy ritsarlik) ordeni qaror topdi va u Malta ordeni deb ham atala boshladi. 1800-yil M.ni Buyuk Britaniya bosib olib, mustamlaka deb eʼlon qildi. 1869-yil Suvaysh kanali ochilganidan keyin orolning strategik ahamiyati oshdi va u Buyuk Britaniyaning Oʻrta dengizdagi qudratli harbiy dengiz bazasiga aylandi. Birinchi jahon urushidan keyin xalq, ozodlik harakatining oʻsishi natijasida 1921-yil Buyuk Britaniya M.ga oʻzini oʻzi boshqarish maqomini berishga majbur boʻldi, biroq 1930-yil u M.ni bu huquqdan yana maxrum etdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1947-yilgi konstitutsiyaga muvofiq oʻzini oʻzi boshqarish huquqi qayta tiklandi. 1964-yil 21-sentyabrda M. Hamdoʻstlik doirasida mustaqillikka erishdi. 1974-yildan respublika. 1979-yil M.da oxirgi ingliz harbiy dengiz bazasi tugatildi. 1987-yil konstitutsiyaga mamlakatning harbiy ittifoqlarga qoʻshilishini taqiqlovchi band kiritilgan. M. 1964-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatini 1993-yil 25-fevralda oʻrnatdi. Milliy bayramlari: 31-mart — Ozodlik kuni (1979), 21-sentyabr — Mustaqillik kuni (1964), 13-dekabr — Respublika kuni (1974).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
tahrirMillatchi partiya, 1980-yilda tashkil etilgan. M. leyboristlar partiyasi, 1920-yilda tuzilgan; M. kommunistik partiyasi, 1969-yilda asos solingan; M. demokratik partiyasi, 1985-yilda tashkil etilgan; Demokratik alternativa partiyasi, 1989-yilda tuzilgan. Umumiy ishchilar ittifoqi kasaba uyushmasi, 1943-yilda tashkil etilgan; M. kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1958-yilda tuzilgan.
Xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — tranzit yuk tashish operatsiyalari va xorijiy sayyoxlarga xizmat koʻrsatish (yiliga 1 mln.dan ortiq xorijiy sayyoh kelib-ketadi). Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi — 26,5%, qishloq xoʻjaligi ulushi — 3,3%. Sanoatning yetakchi tarmoqlari — toʻqimachilik, tikuvchilik, poyabzal sanoati bilan birga mashinasozlik, kimyo va elektron sanoati ham rivojlangan. Kemasozlik va kema taʼmirlash korxonalari bor. Yiliga 1190 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, keramika, kimyo korxonalari barpo etilgan. Osh tuzi va imoratbop tosh qazib olinadi. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Subtropik mevachilik va tokchilik, gulchilik birmuncha rivojlangan; bugʻdoy, arpa, joʻxori, kartoshka, sabzavot va paxta yetishtiriladi. Qoʻy, echki, choʻchqa, qoramol, eshak, xachir, yilqi, parranda va kuyon bokiladi.
Vallettada dengiz porti va xalqaro aeroport bor. Chetga toʻqimachilik mahsulotlari, vino, sabzavot, gul va boshqa chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat, yoqilgʻi, kimyo mahsulotlari keltiradi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya. Pul birligi — Malta lirasi.
Maorifi, madaniy-maʼrifiy muassasalari. Maorif sohasi inglizcha tizim asosida tarkib topgan. Kichkintoylar uchun 2 yillik maktab va haqiqiy 6 yillik boshlangʻich maktabdan iborat boshlangʻich taʼlim va 7 yillik oʻrta taʼlim joriy etilgan. Davlatga qarashli bepul maktablardan tashkari, xususiy maktablar ham bor. 6 yoshdan 16 yoshgacha oʻqish majburiy. Valletgada M. qirollik universiteti (1592) mavjud. Bir qancha ilmiy jamiyatlar bor. Vallettada Milliy kutubxona, M. qirollik universiteti ku-tubxonasi, Gotso o.da ommaviy kutubxona, M. Milliy muzeyi, rasmlar galereyasi mavjud.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M.da nashr etiladigan yirik gaz.lar: "Malta gavernment gazett" ("Malta hukumat gazetasi", ingliz va malta tillarida chiqadigan gazeta, 1813-yildan), "Orizont" ("Ufq", malta tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1962-yildan), "Alternativa" ("Muqobil", malta tilida chiqadigan gazeta, 1989-yildan), "Tayme" ("Vaqt", ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1935-yildan), "Mument" ("Harakat", malta tilida chiqadigan haftalik, 1972-yildan), "Sandi tayme" ("Yakshanba vak,ti", ingliz tilida har yakshanbada chiqadigan gazeta, 1922-yildan), "Torcha" ("Mashʼal", malta tilida chiqadigan gazeta, 1944-yildan). "Malta Brodkasting Osoriti" (MVA) telekoʻrsatuv va radioeshittirish xizmati 1961-yilda tashkil etilgan.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
tahrirMalta va Gotso o.larida neolit davriga oid toshdan qurilgan noyob insho-otlar (Xal-Tarshin, Mnaydra va boshqalar) saqlanib qolgan. 16—18-asrlarda isteh-kom inshootlari barpo etilgan, M.ning yangi poytaxti — Valletta shahri qurila boshlagan, Mdina shahri uygʻonish va barokko meʼmorligi ruhida qayta qurilgan. Bu davrda jamoat binolari, cherkovlar, kayerlar barpo etilgan. 19-asr va 20-asr 1-yarmi imoratlari orasida Mostada barpo etilgan doyra shaklidagi gumbazli cherkov, Vallettadagi opera teatri, Gotso o.dagi Ta-Pinu bazilikasi alohida ajralib turadi.
M. hududidan neolit davriga oid sopol idishlar, tosh va terrakotadan yasalgan haykalchalar va hokazolar topilgan. 17-asrda barokko va klassitsizm uslubida ishlaydigan mahalliy meʼmorlar va haykaltaroshlar yetishib chikdi (meʼmorlar J. Kassar, L. Gafa, S. Ittar, D. Gronye de Vasse, xaykaltarosh M. Gafa va boshqalar). MALTA — yuqori paleolit davri manzilgohi. Irkutsk shahridan 85 km gʻarbda, Malta qishlogʻi yaqinidagi Belaya daryosi sohilida joylashgan. 1928-yil M. M. Gerasimov topib, 1959-yilgacha oʻrgangan. Bir paytda mavjud boʻlgan turli xildagi yengil koʻchma turar joylar (chum, yertoʻla, yarim yertoʻla) ochilgan. M.liklar bugʻu, mamont, junli nosoroglarni ovlashgan. M.dan suyakdan ishlangan 20 ga yakin ayol maʼbudalari haykalchasi, uchib ketayotgan qushlar surati solingan hayvon suyagi parchalari, juda kup tosh va suyak qurollar (pichoq, igna, paykon) hamda 3—4 yoshli bola skeleti topilgan. Skelet atrofiga qizil oxra sepilgan. Qabr usti 3 ta tot taxta bilan berkitilgan. Qabrdan zebziynat buyumlari, suyakdan ishlangan qush haykalchalar, nayza, sanchqi va boshqa ashyolar topilgan. Ushbu yod-gorlik ibtidoiy jamiyatning matriarxat davriga oid boʻlib, oʻsha davr hayoti haqida tasavvur beradi.
Adabiyotlar
tahrir- Gerasimov M. M., Malta-paleoliticheskaya stoyanka, Irkutsk, 1931.[1]
Malta (Malta Respublikasi) poytaxti — Valletta shahri. BMT aʼzosi
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |