Loyiha:Bugun/Mart
← mart → | ||||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
2024-yil |
Bugun
Yanvar · Fevral · Mart · Aprel · May · Iyun · Iyul · Avgust · Sentabr · Oktabr · Noyabr · Dekabr
30-dekabr 2024-yil (UTC), dushanba, soat 00:55 · Sahifa keshini tozalash
Mart
tahrir- 1565 — Estácio de Sá Rio-de-Janeyro shahriga asos soldi.
- 1762 — Pyotr III dvoryan erkinligi haqidagi manifestni eʼlon qildi.
- 1781 — Merilend AQSh mustaqilligi haqidagi hujjatlarni tan oldi.
- 1872 — Yellouston milliy parki (tasvirda) ochildi.
- 1896 — Henri Becquerel urandagi radioaktiv elementlarni kashf qildi.
- 1954 — Vodorod bombasining Tinch okeanidagi sinovi natijasida bir nechta mayda orollar yoʻq qilib tashlandi.
- 1972 — Nyurnberg metropoliteni ishga tushdi.
- 1992 — Oʻzbekiston va Fransiya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
- 1791 — Claude Chappe optik telegrafni namoyish qildi.
- 1836 — Texas mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilindi.
- 1855 — Rossiya imperiyasida Aleksandr II taxtga oʻtirdi.
- 1930 — Iosif Stalinning kitobi nashr etildi.
- 1933 — Nyu-York shahrida „King Kong“ filmi (tasvirda) namoyish etildi.
- 1943 — AQSh va Avstraliya harbiy havo kuchlari yapon kuchlariga hujum qilishdi.
- 1969 — Xitoy va SSSR chegarachilari toʻqnashuvi.
- 1992 — Oʻzbekiston BMTga aʼzo boʻldi.
- 2001 — Tolibon Budda haykallarini vayron qilishni boshladi.
Yozuvchilar kuni
- 1613 — Mixail Fyodorovich (tasvirda) Rossiya imperiyasi taxtiga oʻtirdi.
- 1861 — Aleksandr II Rossiyada krepostnoylik huquqini bekor qildi.
- 1875 — Viktoriya oʻyingohida tarixda ilk bor xokkey oʻyini oʻtkazildi.
- 1918 — Rossiya va Germaniya Brest sulhini imzoladi.
- 1923 — „Time“ jurnali sotuvga chiqdi.
- 1938 — Saudiya Arabistonidagi birinchi neft qudugʻi ishga tushdi.
- 1992 — Oʻzbekiston va Vengriya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
- 1152 — Fridrix I Barbarossa Muqaddas Rim imperiyasi hukmdori boʻldi.
- 1890 — Edinburgda Forth koʻprigi (tasvirda) ochildi.
- 1919 — Moskvada Kummunistik internatsional tashkil topdi.
- 1988 — Luvrda oynali piramida qurildi.
- 1992 — Oʻzbekiston va Turkiya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
- 1770 — Boston tartibsizliklari.
- 1946 — Winston Churchill (tasvirda) Sovuq urush boshlanganidan darak beruvchi Fulton nutqini soʻzladi.
- 1970 — Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnoma.
- 1979 — „Voyager 1“ Yupiterga yetdi.
- 1629 — Ferdinand II Restitutsion ediktni qabul qildi.
- 1801 — Marquis de Sade „Justine“ (tasvirda) romani uchun hibsga olindi.
- 1902 — „Real Madrid“ futbol klubi tashkil topdi.
- 1941 — Andijon viloyati tashkil topdi.
- 1992 — Oʻzbekiston va Germaniya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
- 1799 — Napoleon I Yaffani qamal qildi (tasvirda).
- 1876 — Alexander Graham Bell telefonni patentladi.
- 1936 — Vermaxt askarlari velosipedlarda Reyn demilitarizatsiyalashgan hududiga kirishdi.
- 1967 — SSSRda haftada 5 ish kuni va 2 dam olish kuni belgilandi.
- 1669 – Etna vulqoni junbushga keldi.
- 1913 – Nyu-Yorkda ayollar teng huquqlilik talab qilib, namoyishga chiqishdi (tasvirda).
- 1917 – Kirovdagi zavod ishchilari Fevral inqilobini qoʻllab namoyishlar oʻtkazishdi.
- 1952 – Filadelfiyada shifokorlar ilk bor „sunʼiy yurak“ apparati ishlatishdi.
- 1983 – Ronald Reagan Sovet Ittifoqini „Yovuzlik imperiyasi“ deb atadi.
- 2014 – Malaysia Airlines shirkatining Boeing 777-200ER uchogʻi gʻoyib boʻldi.
- 1309 — Rim papasining Avinyon tutqunligi: Clement V Avinyonga oʻrnashdi.
- 1617 — Stolbovo kelishuvi tuzildi.
- 1796 — Napoleon I Joséphine de Beauharnaisga (tasvirda) uylandi.
- 1918 — Rossiya poytaxti Sankt-Peterburgdan Moskvaga koʻchirildi.
- 1956 — Tbilisida Nikita Xrushchyov siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari bostirildi.
- 1959 — Nyu-York shahrida Barbie qoʻgʻirchogʻi namoyish qilindi.
- 1535 — Ispaniyalik dengizchi Tomás de Berlanga Galapagos orollarini kashf qildi.
- 1804 — Fransiya Luizianani AQShga berdi.
- 1905 — „Chelsea“ futbol klubi tashkil topdi.
- 1959 — Tibet inqilobi boshlandi.
- 1977 — Kuiper observatoriyasi olimlari Uran xalqalarini (tasvirda) kashf etishdi.
- 2019 — Ethiopian Airlines shirkatining Boeing 737 rusumli uchogʻi qulab tushdi.
- 1744 — Londonda „Sothebyʼs“ auksion uyi ochildi.
- 1879 — Yaponiya Ryukyu davlatini anneksiya qildi.
- 1938 — Avstriya Germaniyaga ittifoqchi boʻldi.
- 1941 — AQShda lend-liz haqida qonun qabul qilindi.
- 1941 — Namangan viloyati tashkil topdi.
- 1990 — Litva oʻz mustaqilligini eʼlon qildi.
- 2004 — Madridda terror hujumlari amalga oshirildi.
- 2011 — Yaponiyada zilzila sodir boʻldi (tasvirda).
- 1832 — Parijda „La Sylphide“ baleti postanovka qilindi.
- 1896 — Sankt-Peterburgda birinchi radiogramma yuborildi.
- 1917 — Fevral inqilobi avjiga chiqdi.
- 1930 — Maxatma Gandi (tasvirda) boshchiligida „tuz yurishi“ boshlandi.
- 1947 — Sovuq urush: AQSh prezidenti Harry S. Truman Truman doktrinasini e’lon qildi.
- 1781 — William Herschel nomaʼlum sayyorani kometa (tasvirda) deb tasavvur qildi.
- 1884 — Xartum qamali.
- 1943 — Xolokost: Krakovdagi getto qirgʻini.
- 1997 — Gʻayritabiiy Phoenix nurlari telekameralarga yozib olindi.
- 1489 — Catherine Cornaro Kipr qirolligini Venetsiyaga sotib yubordi.
- 1794 — Eli Whitney (tasvirda) paxta tozalash mashinasini patentladi.
- 1861 — Vittorio Emanuele II Italiya qiroli boʻldi.
- 1990 — SSSRda prezident lavozimi joriy qilindi.
- 1994 — Linus Torvalds Linux operatsion tizimi yadrosini taqdim etdi.
- 1800 — Sankt-Peterburgda Mixaylov saroyining qurilshi yakunlandi.
- 1812 — Kaliforniyada Fort Ross tashkil topdi.
- 1917 — Nikolay II (tasvirda) taxtdan voz kechdi.
- 1939 — Chexoslovakiya vermaxt tomonidan okkupatsiya qilindi.
- 2011 — Arab bahori: Suriyada Bashar al-Assad tuzumiga qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi.
- 1565 — Sandugo rituali.
- 1926 — Robert H. Goddard (tasvirda) suyuq moyda ishlaydigan raketa yaratdi.
- 1962 — Nikita Xrushchyov SSSRda qitʼalararo ballistik raketa borligini maʼlum qildi.
- 1968 — Vyetnam urushi: Vyetnamdagi Sơn Mỹ qishlogʻida ommaviy qirgʻin sodir boʻldi.
- 1992 — Oʻzbekiston Meksika va Gretsiya davlatlari bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi.
- 2014 — Qrim anneksiyasi: Qrimning siyosiy maqomi toʻgʻrisidagi referendum boʻlib oʻtdi.
Muqaddas patrik kuni (xristianlik)
- Mil. av. 45 — Munda jangi.
- 624 — Badr jangi.
- 1958 — „Vanguard 1“ (tasvirda) yoʻldoshi orbitaga chiqirildi.
- 1969 — Golda Meir Isroil bosh vaziri etib saylandi.
- 1991 — SSSRni saqlab qolish haqidagi referendum oʻtkazildi.
- 1992 — Oʻzbekiston va Ispaniya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
- 1241 — Moʻgʻullar Krakov shahrini vayron qildi.
- 1868 — Dmitriy Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy sistemasini eʼlon qildi.
- 1871 — Parij kommunasi tuzilgani eʼlon qilindi.
- 1915 — Fransiya va Angliya Rossiyaga Konstantinopol shahrini berdi.
- 1921 — Kronshtadt qoʻzgʻoloni.
- 1922 — Maxatma Gandi 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
- 1965 — Fazogir Aleksey Leonov (tasvirda) ochiq fazoga chiqdi.
- 1279 — Yamin jangida Sun imperiyasi yakson qilindi.
- 1898 — Aleksandr III muzeyi ochildi (tasvirda).
- 1964 — Alp dovonidan oʻtuvchi Katta Sen-Bernar tunneli ishga tushdi.
- 1992 — Oʻzbekiston va Polsha davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
- 1999 — Rossiyaning Vladikavkaz shahrida terror hujumlari amalga oshirildi.
- 1815 — Napoleon (tasvirda) Parijga qaytdi.
- 1833 — Aleksandr Pushkinning „Yevgeniy Onegin“ romani nashr etildi.
- 1956 — Tunis Fransiyadan mustaqil boʻldi.
- 1992 — Oʻzbekiston Rossiya va Yangi Zelandiya davlatlari bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi.
- 2003 — Iroq urushi boshlandi.
- 2014 — Tolibon Afgʻonistonning Kobul shahridagi mehmonxonaga hujum qildi.
Navroʻz bayrami
- 1804 — Fransiyada Napoleon kodeksi qabul qilindi.
- 1871 — Otto von Bismarck (tasvirda) Germaniya kansleri etib tayinlandi.
- 1963 — AQShda Alkatraz qamoqxonasi yopildi.
- 1990 — Namibiya oʻz mustaqilligini eʼlon qildi.
Butunjahon suv resurslari kuni
- 1634 — Rembrandt va Saskia van Uylenburgh turmush qurishdi.
- 1675 — Greenwich astronomiya rasadxonasi tashkil etildi.
- 1849 — Avstriya—Italiya urushi: Novara jangi.
- 1882 — AQSh Kongressi koʻp xotinlilikni bekor qildi.
- 1894 — Stanley kubogi uchun birinchi xokkey oʻyini.
- 1935 — Fors Eron deb atalishni boshladi.
- 1995 — Valeriy Polyakov (tasvirda) fazoda 438 kun boʻlib, Yerga qaytdi.
- 1933 — Reyxstag Adolf Hitlerga diktatorlik vakolatlarini berdi.
- 1983 — AQSh prezidenti Ronald Reagan strategik mudofaa tashabbusini eʼlon qildi.
- 1991 — Navoiyda AN-24 uchogʻi halokatga uchradi.
- 2001 — „Mir“ fazo stansiyasi (tasvirda) Tinch okeaniga choʻktirildi.
- 1794 — Tadeusz Kościuszko polyaklarni qoʻzgʻolonga chaqirdi (tasvirda).
- 1973 — Pink Floyd The Dark Side of the Moon albomini chiqardi.
- 1976 — Iflos urush: Argentina prezidenti oʻgʻirlandi.
- 1990 — Islom Karimov Oʻzbekiston SSR prezidenti etib saylandi.
- 1999 — NATO Yugoslaviyani bombardimon qilishni boshladi.
- 2005 — Qirgʻizistondagi „Lola inqilobi“ natijasida prezident Asqar Akayev mamlakatdan quvildi.
- 1436 — Rim papasi Yevgeniy IV Florensiyadagi cherkovni ochib berdi.
- 1655 — Christian Hugens Saturn yoʻldoshi Titanni kashf qildi.
- 1918 — Minskda Belarus Respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi.
- 1934 — Enrico Fermi neytron faolligini kashf etdi.
- 1957 — Atom energiyasi boʻyicha Yevropa hamjamiyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi.
- 1975 — Faysal ibn Abdulaziz as-Saud oʻz jiyani tomonidan oʻldirildi.
- 1830 — Mormon kitobi chop etildi.
- 1899 — Nemis arxeologi Koldevey Bobil qoldiqlarini aniqladi (tasvirda).
- 1995 — Yevropaning besh davlatida Shengen kelishuvi kuchga kirdi.
- 2000 — Vladimir Putin Rossiya prezidenti etib saylandi.
Xalqaro teatr kuni
- 1794 — AQSH harbiy-dengiz flotini tuzish qarori qabul qilindi.
- 1854 — Qrim urushi boshlandi.
- 1898 — Rossiya Xitoydan Port-Arturni ijaraga oldi.
- 1975 — Alyaska neft quvuri (tasvirda) qurilishi boshlandi.
- 1976 — Vashington metropoliteni ishga tushdi.
- 1990 — Londonda Sherlock Holmes muzeyi ochildi.
- 1992 — Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi ochildi.
- 1795 — Peter Biron taxtdan voz kechdi.
- 1842 — Vena filarmoniya orkestrining birinchi konserti.
- 1930 — Konstantinopol rasman Istanbul (tasvirda) deb qayta nomlandi.
- 1993 — Neapol metropoliteni ishga tushdi.
- 1996 — Taypey metropoliteni ishga tushdi.
- 1410 — Gilyom II Sardina yerlarini Aragon qiroliga sotdi.
- 1638 — Shvetsiya tashkil topdi.
- 1807 — Heinrich Olbres 4 Vesta asteroidini kashf qildi.
- 1848 — Niagara sharsharasi 30 soatga muzlab qoldi.
- 1864 — Buyuk Britaniya Ion orollarini Gretsiyaga berdi.
- 1891 — Aleksandr III Sibir temiryoʻl magistralini qurish haqida qaror chiqardi.
- 1974 — Sin Shixuandi armiyasi (tasvirda) qoldiqlari topildi.
- 1814 — Napoleon I raqiblari Parijni bosib oldi (tasvirda).
- 1856 — Qrim urushi tugadi.
- 1867 — AQSh Rossiyadan Alyaskani 7,2 million dollar evaziga sotib oldi.
- 1885 — Kushk jangi.
- 1912 — Marokash sultoni Abdul Hafiz Fransiyaga taslim boʻldi.
- 1945 — SSSR harbiylari Gdansk shahrini ozod qildil.
- 1889 — Eyfel minorasi (tasvirda) ochildi.
- 1918 — Bokuda millatlararo nizolar yuzaga keldi.
- 1968 — „Qora hukumat“ AQSH janubida Yangi Afrika Respublikasi tuzish talabi bilan chiqdi.
- 1980 — Leonid Brejnev „Brejnev memuarlari“ trilogisiyasi uchun Lenin mukofoti bilan taqdirlandi.