Livan
Livan, Livan Respublikasi (arabcha: الجمهورية اللبنانية, Al-Jumhuriya al-Lubnoniya) — Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Oʻrta dengizning sharqiy sohilida. Maydoni 10,45 ming km². Aholisi 8 mln. kishi (2001). Poytaxti — Bayrut shahri. Livan maʼmuriy jihatdan 6 muhofaza (viloyat)ga bulingan.
Livan Respublikasi الجمهورية اللبنانية
| |
---|---|
Shior: yoʻq | |
Madhiya: Koullouna Lilouataan Lil Oula Lil Alam | |
Poytaxt | Bayrut |
Rasmiy til(lar) | Arabcha |
Hukumat | Semi-Prezidentlik Davlat |
Mishel Avn | |
Najib Miqotiy | |
Mustaqillik (Millatlar Ligasi mandatidagi Fransiya ma'muriyatidan) | |
• Sana |
22-noyabr 1943 |
Maydon | |
• Butun |
10,400 km2 (167-oʻrin) |
• Suv (%) |
1.8 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
3,826,018 (125-oʻrin) |
• Zichlik | 367/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$20,420 mil. (113-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$5,337 |
Pul birligi | Lebanese Pound (LBP) |
Vaqt mintaqasi | UTC 2 |
• Yoz (DST) |
UTC 3 |
Qisqartma | LE |
Telefon prefiksi | 961 |
Internet domeni | .lb |
|
Davlat tuzumi
tahrirLivan — parlamentli respublika. Amaddagi konstitutsiyasi 1926-yil 23-mayda kuchga kirgan, keyinchalik unga tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1998-yildan Emil Laxud). Deputatlar palatasi (parlament) tomonidan 6 yilga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 128 deputatdan iborat Deputatlar palatasi. Ijroiya hokimiyatni prezident va u tayinlaydigan hukumat (Vazirlar Kengashi) amalga oshiradi.
Tabiati
tahrirQirgʻoqlarining kupi past. Sohili tekislik. Sharqida Livan tizmasi mamlakatning katta qismini egallagan (balandligi 3088 m gacha). Togʻlar, asosan, ohaktosh, qumtosh va boshqalardan tuzilgan. Temir rudasi va qoʻngʻir koʻmir konlari bor.
Iklimi subtropik, yozi quruq, qishi sernam. Sohilida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 13°, iyulniki 28°. Yillik yogʻin sohilda 750–1000 mm, togʻlarda 1000 mm dan koʻp. Daryolari qisqa, yozda koʻpincha qurib qoladi. Yirik daryosi AlLitoni. Sohilida qoʻngʻir tuproq, togʻ yon bagʻirlarida boʻz-qoʻngʻir, yuqorirogʻida qoʻngʻir toshloq tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklarining aksari butalar. Livan tizmasining yon bagʻirlarida eman, chinor, zarang, halab qaragʻayi oʻrmonlari bor. Hayvonlardan sirtlon, chiyaboʻri, gʻizol, har xil ke-miruvchilar va parrandalar yashaydi.
Aholisi
tahrirAholisining 90% dan ortigʻi arablar, shuningdek, armanlar, kurdlar, cherkaslar, turklar va boshqa yashaydi. Rasmiy tili — arab tili. Aholining 60% musulmon (sunniy, shia, druz), qolgan qismi xristianlar (moruniy, pravoslav, katolik). Aholining 83,7% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bayrut, Tarobulus ash-Shom, Saydo va Zahla.
Tarixi
tahrirLivan hududida odam quyi va yuqori paleolit davridan, oʻtroq xalq miloddan avvalgi 5-ming yillikdan yashaydi; 3— 2 ming yilliklarda qad. Livan hududida finikiyaliklarning shahar-davlatlari Bibl (Jubayl), Tir (Sur), Sidon (Saydo), Berit (Bayrut) va boshqa vujudga keldi. Ular miloddan avvalgi 8—4-asrlarda Ossuriya, Bobil, Axomaniylar davlati va makedoniyalik Aleksandr qoʻl ostida boʻlib keldi. Miloddan avvalgi 2-asrdan Livan hududi Salavkiylar saltanati tarkibida va miloddan avvalgi 64-yildan Rim xukmronligida boʻldi. Milodiy 4—6-asrlarda Livan Vizantiya imperiyasi tarkibiga kirdi. 7-asr boshida Livanni sosoniylar, keyinroq arablar egalladi. 7—11-asrlarda Livan bir necha sulola qoʻl ostida boʻldi.
Livan 11-asr oxirida salibchilar, 13-asrdan 16-asr boshlarigacha Misr mamluklari hukmronligida boʻldi. 1516-yil Livan Hududi Usmonli turk saltanati tarkibiga kirdi. 17-asrda amir Faxriddin II butun Livan ni birlashtirdi. 1697-yildan Livan Shihobiylar sulolasi qoʻl ostiga utdi. 18-asr oxiri, 19-asr boshlarida hukmronlik qilgan amir Bashir II Shihobiy Livanni markazlashtirish siyosatini qoʻlladi. U mamlakatni Turkiya hukmronligidan ozod qilish niyatida Misr hukmdori Muhammad Ali bilan ittifoqtuzdi. 1861-yil iyunda xalqaro komissiya (Fransiya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Prussiya, Rossiya, Turkiya) ishlab chiqqan nizomga muvofiq, mamlakat rasman Livan nomini oldi. 19-asrning 50—70-yillarida Livan arab maʼrifatchilik harakati markazlaridan biriga aylandi.
19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Livan Gʻarbiy Yevropa davlatlarining yarim mus-tamlakasiga aylandi; 1918-yil oktabrda Angliya va Fransiya qoʻshinlari Livanni bosib oldi. 1922-yil Livanga Fransiya man-dati Millatlar Ligasi tomonidan tasdiqlandi. 1926-yil mayda qabul qilingan konstitutsiyaga muvofiq, Livan respublika deb eʼlon qilindi. Biroq Fransiya uning tashqi aloqalari va mudofaasi ustidan nazoratni oʻz qoʻlida saqlab qoldi.
1936-yilnoyabrda milliy ozodlik harakati tazyiqi ostida Fransiya hukumati bilan Livan oʻrtasida Livanga 3 yildan keyin mustaqillik berish toʻgʻrisida shartnoma tuzildi. Shartnomaga binoan, Fransiya Livan hududida oʻz qurolli kuchlarini saqlash, Livan tashqi siyosati va ichki ishlariga aralashish huquqiga ega boʻldi, fransuz reaksiyasining aralashuvi bilan Livan ga mustaqillik berish haqidagi shartnoma tasdiqlanmay qoldi.
Ikkinchi jahon urushi boshida Fransiya taslim boʻlgach, 1940-yil Livan Italiya bilan Germaniyaning Yaqin Sharqdagi tayanch nuqtasiga aylandi. 1941-yil 8-iyunda "Ozod Fransiya" harakati va ingliz qoʻshinlari Suriya va Livanga bostirib kirdi. Fransiya qoʻshinlarining bosh qoʻmondoni general Katru Fransiya mandatini bekor qildi, 26-noyabrda u Livan milliy ozodlik harakati talabiga javoban Livan ga mustaqillik berish haqidagi bayonotni tasdikladi. Biroq Livan 1943-yil 22-noyabrdagina haqiqiy mustaqillikka erisha oldi. 1945-yil Livan Arab davlatlari Ligasi tuzilishida ishtirok etdi va shu yili BMTga aʼzo boʻldi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin ham Fransiya Livanda oʻz hukmronligini saqlab qolishga urinib, bir qancha tadbirlar koʻrdi, biroq Livan hukumati bu mavzuda muzokara oʻtkazishdan bosh tortdi. Buyuk Britaniya va Fransiya oʻz qoʻshinlarini 1946-yil 31-dekabrda Livan hududidan olib chiqib ketishga majbur boʻldi.
Livan hukumati 1967-yil iyunda Isroil tajovuziga duchor bulgan Misr va boshqa arab davlatlariga oʻz xayrixoxligini bildirdi va Yaqin Sharkdagi siyosiy ziddiyatlarni tinch yoʻl bilan hal qilish toʻgʻrisidagi BMTning 1967-yil 22-noyabr rezolyusiyasini maʼqulladi. 1968-yildan Livan hududida Falastin qarshilik harakati yuzaga keldi. Oʻsha yili Livanga qarshi Isroil tajovuzi boshlandi. Natijada Livan, ayniqsa, uning janubiy hududlari qattiq zararlandi. 1970-yil 17-avgustda parlament S. Franjyeni prezidentlikka sayladi. Soyib Salom hukumat rahbari boʻldi. Livanning yangi hukumati betaraflik siyosatini ilgari surdi va milliy iqtisodiyotni mustahkamlashga, mehnatkashlarning turmush darajasini yaxshilashga vaʼda berdi, biroq vaʼdani bajarish oʻrniga demokratik huquq va erkinliklarni cheklashga harakat qildi; bu hol ish tashlash va namoyishlar boshlanishiga sabab boʻldi (1972-yil oxiri — 1973-yil boshlari). 1975-yil apreldan Livanda keskin siyosiy tanglik vujudga keldi. 1975—76 yil Livandagi xristian va musulmon qoʻshinlari oʻrtasida qurollir mojaro boshlandi. Oʻng xristian kuchlar Livanda turgan Falastin qarshilik harakati askarlari bilan, soʻngra musulmonlar bilan qurolli toʻqnashuv chiqardilar. Mamlakat ikkiga boʻlinib qoldi. Arablararo kuchlar (salkam 35 ming askar) Livanga kiritilgandan keyin urush harakatlari toʻxtadi. 1978-yil Isroil qoʻshinlari Livanga bostirib kirdi. BMT Xavfsizlik Kengashining 425-qaroriga binoan, BMT Muvaqqat kuchlari mamlakat janubga ki-ritildi. Isroilning 1982-yil tajovuzi natijasida Livan hududining anchagina qismi 1985-yil gacha egallab turildi. Isroil Livan janubda 10 km ga yaqin kenglikdagi "Xavfsizlik mintaqasi"ni ishgʻol qilib turdi. 1989-yilda mamlakatda yana qurolli mojaro chikdi. Arab mamlakatlari uchlar qoʻmitasi (Jazo-ir, Saudiya Arabistoni, Marokash)ning faol ishtirokida va xalqaro kuchlarning madadi bilan Livan milliy inoklik hartiyasi ishlab chiqildi. Toif bitimi deb atalgan bu hujjatda dav-lat boshqaruv idoralarini shakllantirishning diniy belgilaridan asta-sekin voz kechish koʻzda tutilgan. Shu asosda 1992 va 1996-yillarda parlament saylovi oʻtkazildi. Tashki siyosatda Livan ijobiy betaraflik, bloklarga qoʻshil-maslik siyosatiga amal qiladi.
Livan Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 30-dekabrda tan oldi va 1998-yil 22-oktabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 22-noyabr — Mustaqillik kuni (1943).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari
tahrirArab sotsialistik uygʻonish partiyasi, 1950-yilda umumarab Baʼs partiyasining boʻlimi sifatida tuzilgan; Katoib (yoki Livan falanglari) partiyasi, 1936-yilda asos solingan; Taraqqiyparvar sotsialistik partiya, 1949-yilda tuzilgan; Milliy blok, 1943-yilda tuzilgan; Milliy liberal partiya (Erkin vatanparvarlar partiyasi), 1958-yilda asos solingan; Livan kommunistik partiyasi, 1924-yilda tuzilgan. Livan mehnatkashlari umumiy konfederatsiyasi, 1958-yilda asos solingan.
Iqtisodiyoti
tahrirLivan — agrar-industrial mamlakat. Livan iqtisodiyotining asosi bank-moliya faoliyati, savdo va sayyohlik. Yalpi ichki mahsulotda xizmat sohasi, savdo, moliya 50,3%, sanoat va qurilish 17,8%, qishloq xoʻjaligi 9,8% ni tashkil etadi.
Sanoati, asosan, toʻqimachilik, oziqovqat, kimyo va farmatsevtika, yogʻochsozlik, neftni qayta ishlash korxonalaridan iborat. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Livanda xunar-mandchilik korxonalari, Tarobulus ash-Shom va Saydoda neftni qayta ishlash zavodlari mavjud. Sement, metallurgiya, metallni qayta ishlash va kimyo sanoati korxonalari, ip gazlama kombinati, kand-shakar zavodi bor. Yiliga oʻrtacha 4,7 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi.
Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 30% band boʻlib, milliy daromadning 10% hosil qilinadi. Bugʻdoy, arpa, tamaki ekiladi, banan, sitrus, zaytun, sabzavot, olma va boshqa mevalar yetishtiriladi. Qoramol, echki, qoʻy, parranda boqiladi, baliq ovlanadi.
Livan chetga sitrus mevalar, gazlama, qogʻoz, metall buyumlar chiqaradi; chetdan mashina va uskunalar, yogoch-taxta, oziqovqat, xom ashyo keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Saudiya Arabistoni va boshqa arab mamlakatlari, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari, AQSH. Pul birligi — Livan funti.
Transporti
tahrirAvtomobil transporti yetakchi oʻrinda. Avtomobil yoʻllari uzunligi —7,4 ming km; temir yoʻl uz. — 417 km. Livan hududidan Saudiya Arabistoni va Iroqdan keluvchi neft quvurlari oʻtgan. Dengiz savdo flotining tonna-ji 438 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Bayrut, Tarobulus ash-Shom, Saydo, Juniya. Bayrutda aeroport bor.
Tibbiy xizmati
tahrirVrachlar Livandagi Amerika universiteti tibbiyot fanlar fakulteti tarkibidagi Oliy tibbiyot maktabi va Fransiya universitetining tibbiyot fakultetida tayyorlanadi. Livanda tibbiy xizmat tizimi asosan xususiydir.
Maorifi, madaniy-maʼrifiy muassasalari
tahrir1960-yildan davlatga karashli boshlangʻich maktablarda bepul oʻqitish joriy etilgan. Birok, oʻquv muassasalarining yarmidan koʻprogʻi xususiy. Maorif tizimi 5 yillik boshlangich, 4 yillik toʻliqsiz oʻrta va 3 yillik oʻrta maktablardan iborat. Hunar-texnika bilim yurtlari, pedagogika oʻquv muassasalari mavjud. Bayrutda 4 ta universitet: Livan universiteti (1953), Amerika universiteti (1866), Fransiya avliyo Iosif universiteti (1881), Arab universiteti (1960); Juniyada xususiy universitet (1950) bor. Livan milliy ku-tubxonasi (1921), universitetlar huzurida yi-rik kutubxonalar, Livan milliy muzeyi (1920), Nafis sanʼat muzeyi, Amerika universiteti muzeyi mavjud (hammasi Bayrutda).
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
tahrirLivanda bir qancha gazeta va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: "Al-Amal" ("Harakat", arab tilida chikadigan kundalik gazeta, 1939-yildan), "AlAnba" ("Xabar", arab tilidagi haftalik gazeta, 1953-yildan), "Al-Anvar" ("Hyp", arab tilidagi kundalik gazeta, 1959-yildan), "Al-Bayroq" (arab tilidagi kundalik gazeta, 1912-yildan), "Ad-Diyor" ("Vatan", arab tilidagi haftalik gazeta, 1941-yildan), "An-Nahor" ("Kun", arab tilidagi kundalik gazeta, 1933-yildan), "An-Nido" ("Chaqiriq", arab tilidagi kundalik gazeta, 1959-yildan), "Oryan-jur" ("Sharq kuni", fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1971-yildan), "Revey" ("Uygʻonish", fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1908-yildan), "As-Sayyod" ("Ovchi", arab tilidagi haftalikjur., 1943-yildan), "At-Tariq" ("Yoʻl", arab tilidagi oylikjur., 1941-yildan), "Al-Us bua-al-Arabi" ("Arab haftasi", arab tilidagi haftalik jurnal, 1959-yildan), "Ash-Shaab" ("Xalq", arab tilidagi kundalik gazeta, 1961-yildan). Milliy axborot agentligi Livan hukumat axborot mahkamasi boʻlib, 1962-yilda tashkil etilgan. Livan radioeshittirish xizmati hukumat qaramogʻida, 1937-yilda asos solingan. Livan telekoʻrsatuv kompaniyasi tijorat telekompaniyasidir (1959).
Adabiyoti
tahrir7-asrdan Livan adabiyoti umumarab adabiyoti bilan birga rivojlandi. Turklar hukmronligi davrida madaniyat, xususan, adabiyot turgʻunlikda boʻldi. 19-asrda Livanda Misr, Suriya va boshqa arab mamlakatlaridagi singari maʼrifatchilik gʻoyalari keng yoyildi, publitsistika asosiy janr boʻldi, tarjimachilik rivojlandi (Nosif al-Yozijiy, Butrus al-Bustoniy va boshqalar). 19-asr 2-yarmi — 20-asr boshlarida Livan adabiyotida maʼrifatparvarlik goyalari yanada kuchaydi. Birinchi jahon urushi arafasida Livan adabiyoti taraqqiyotining yangi bosqichi boshlandi: xalqning orzu-umidlarini ifodalovchi va hayot kamchiliklarini tanqid qiluvchi oqim shakllandi. Umar Faxuri, Tavfiq Yusuf Avvod va boshqa yozuvchilar Livan adabiyotida oʻzlarining haqqoniy asarlari bilan tanildilar.
Ikkinchi jahon urushi yillari va urushdan keyingi davrda Umar Faxuri, Antuan Tobit va Rauf al-Huriy tomonidan tashkil etilgan "At-Tariq" jurnalda Livanning taraqqiyparvar yozuvchilari faol qatnashdilar. Livan adabiyoti va davriy matbuotida fashizmni, mustamla-kachilikni, ijtimoiy tengsizlikni fosh qilish yetakchi oʻrinni egalladi.
Yozuvchi va filolog Morun Abbudning "Kichik bahodirlar", "Qogʻozdagi siyoh" kabi hikoyalar toʻplamlari dehqonlar turmushiga va Livan yoshlarining taqdiriga bagʻishlangan. Arab mamlakatlari ijtimoiy va siyosiy hayotining murakkab tomonlari bir qator qissa, novella, poema va boshqa larda oʻz aksini topgan. Keyingi yillarda Livan adabiyotida yozuvchilarning yosh avlodi katta eʼtibor qozondi. Shoirlardan Al-Xuri, S. Akd, nasrchi S. Idris, Livan Baalbeki mumtoz adabiyot anʼanalarini davom ettirdi.
Meʼmorligi
tahrirLivanda miloddan avvalgi 5—4-ming-yilliklarga mansub toshdan qurilgan mudofaa inshootlari, turar joylarning qoldiqlari topilgan. Mamlakatga arablar kelgach (7-asr), masjid, minora, Madrasa, karvonsaroylar kurila boshladi. 12-asrda salibchilar tomonidan Bofor qasri, monastirlar, cherkovlar bunyod etilgan. Usmonli turk saltanati hukmronligi davrida toʻrk meʼmorligi taʼsiri kuchaydi. Livan mustaqillikka erishgach, shaharlar taʼmirlanib, koʻp qavatli turar joylar, kinoteatr, maktab, klinikalar qurildi. Mahalliy anʼanalar davom ettirildi, ravoqli, peshtoqli yirik bynolar qurishda koʻproq temirbetondan foydalanila boshladi.
Tasviriy sanʼati
tahrirMiloddan avvalgi 5—4-ming yilliklardan naqshin sopol idishlar, 3—2-ming yilliklardan Finikiya sanʼati asarlari — shoh Axiram tosh tobutidagi qabariq tasvir va yozuvlar, zargarlik buyumlari, qurol-yarogʻ saqlanib kalgan. Asrlar davomida binolarga oʻymakorlik va naqsh ishlangan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida H. Su-rurning hayotiy portret va natyurmortlari, X. Salibiyning koʻtarinki ruxdagi kartinalari mashhur boʻldi, ularning ijodi keyingi rassomlarga katta taʼsir koʻrsatdi. 30—40-yillarda realistik yoʻnalish yetakchi oʻrinni egalladi. 50—60-yillarda formalistik oqimlarning taʼsiri kuchli boʻldi (rassomlardan S.Baltekse, P.Kirakosyan, I.Shamut, haykaltarosh Yu.Xoayek va boshqa realistik anʼanalarni davom ettirdilar). Plakat, karikatura, kitob bezash taraqqiy etdi. Amaliy sanʼatda qadama naqsh, metall va yogʻoch buyumlarga sayq-al berish, kandakorlik, kashtadoʻzlik, gilam toʻqish va boshqa rivoj topgan.
Musiqasi
tahrirMusiqasi — qadimgi boʻlib, johiliya davridan birmuncha murakkab cholgʻu kuylar va qoʻshiq turlari shakllangan. Ayniqsa, badaviylarning rechitatsiyali — shargi va dabka nomli jadal surʼatli raqs kuylari ommalashgan. Keyinchalik dialogli atoba, kasbiy yoʻnalishdagi maqam uslubiga mansub murakkab asarlar rivoj topdi. Bayrutda Milliy konservatoriya, uning huzurida kamer orkestr bor. 1956-yilda Livan musiqachi yoshlar jamiyati tuzilgan. U boshlangʻich musiqiy taʼlim, konsertlar uyushtirish bilan shugʻullanadi. 1966-yil Bayrutda joylashgan Amerika universiteti tarkibidagi Oliy sanʼatshunoslik maktabi huzurida musiqashunoslik boʻlimi tashkil etilgan. Livan xalq qoʻshiqlarining ommalashuvida ashulachi Feyruzning hissasi katta. 1966-yildan boshlab har yili oʻtkaziladigan Baʼlabakka festivallari Livan musiqiy hayotida muhim ahamiyatga ega.
Teatri
tahrirMarosim, bayram va boshqalarda qadimdan turli tomoshalar koʻrsatilgan, lekin teatr truppalari 20-asrning 2-yarmidangina paydo boʻldi. Qiziqchi artist Shushu tashkil etgan Milliy teatrda Molyer, Shekspir, Gyote va boshqalarning asarlari qoʻyildi. Bayrutdagi Livan drama teatrida jahon mumtoz adabiyoti namoyandalarining asarlari bilan bir qatorda mahalliy mualliflarning pyesalari ham sahnalashtirilgan. Pyesalar arab, fransuz va ingliz tillarida qoʻyiladi. Livandagi teatrlar xususiy boʻlib, davlatdan moddiy yordam olmaydi. Bayrutda 1965-yil ochilgan Milliy va Bayrut teatrlari, Baʼlabakka festivali teatri (1968) va boshqa teatrlar mavjud.
Kinosi
tahrirBirinchi badiiy film 1929-yil suratga olingan. "Baʼlabakka haro-balari ostida" nomli badiiy film, kinojur.lar va hujjatli filmlar 20-asrning 30-yillarida chet el firmalari buyurtmasi bilan suratga olingan. 60-yillarda "Baʼlabakka", "Niyer ist sa-und", "Alasriy" kinostudiyalari tashkil topdi. Keyingi yillarda "Salom, muhabbat!" (rejissyor M. Salmon), "Shayton arava" (rejissyor J. Kan), "Qayrilgan qanotlar" (rejissyor Yu. Maʼluf), "Gung va muhabbat" (rejissyor A. Bahriy) kabi filmlar tomoshabinlar diqqatiga sazovor boʻldi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |