Kyurasao
Kyurasao hududi 444 kvadrat kilometr. Poytaxti - Villems- tad. Aholisi - 160 ming kishi (2018). Milliy bayrami - Mustaqillik kuni, 10-oktabr 2010-yil (Niderlandiya Antil orollaridan). Rasmiy tili - Niderland va papyamento tili. Pul birligi - gulden. Telefon kodi - 599. Vaqt birligi - UTC-4. Internet- domeni - .ap, .cw.
Boshqaruv shakli, aholisi
tahrirKonstitutsion monarxiya. 2010-yili Niderlandlar tarkibidagi Antil orollarining qayta tuzilishi natijasida Niderlandlar Qirolligi tarkibidagi federatsiya sub’ekti hisoblanadi.
Papyamento (78,4%), niderland (9,5%), ispan (6,1%) va ingliz (3.5%) tillarida so‘zlashadi. Nasroniylik asosiy e’tiqod dinidir.
Joylashuvi va tabiati
tahrirKyurasao Karib dengizidagi kichik Antil orollari guruhidagi orol. Venesuela qirg‘oqlaridan 80 km uzoklikda joylashgan. Shamolga ro‘para orollar guruhida Margaritadan keyin kattaligi bo‘yicha 2-o‘rinda turadi.
Oroldan 11 km janubi-sharqda Kichik Kyurasao joylashgan bo‘lib, u ham Kyurasaoga tegishli. Shimoli-g‘arbda Sint-Kristof- felberg tog'i (372 metr) eng yuqori nuqtasidir. Yiliga 500 mm yog‘inlar yog‘adi. Orol atrofi marjon riflar bilan o‘ralgan. Iqlimi - tropik, passatli. Passat shamollari oroldagi kuchli namlikni pasaytiradi. Kristoffel milliy parki Kyurasao orolidagi eng katta tabiatni muhofaza qilish hududi bo‘lib, tepaliklarda joylashgan. Bu yerda oq dumli bug'u, iguana, dengiz toshbaqasini uchratish mumkin. Kaktuslarning yuzdan ortiq turi, palma, mansaniya uchraydi.
Divi-divi daraxti Orolning milliy timsoliga aylangan.
Tarixi
tahrirOrollar 1499-yili ispaniyalik dengizchi Alonso de Oxeda tomonidan ochilgan. XVI asr boshida bu yerlar Ispaniya protektorati bo'ldi va yirik flot bazasiga aylandi. Ammo bu yerga ko‘chib kelganlar chuchuk suv yetmasligi sababli orolni tark etishdi. Ular o‘rnini gollandiyaliklar egalladi. 1634-yili orollar Gollandiyaning Vest-Indiya kompaniyasi nazorati ostiga o‘tdi. 1863-yili qullikning bekor qilinishi bilan Kyurasao iqtisodiy tanazzulga botdi. 1870-yillarda orolni Germaniyaga sotish bo‘yicha loyiha ko‘rib chiqildi. Ammo AQSh bilan munosabatlarning murakkablashuvi ehtimolidan kelib chiqib bu reja amalga oshmadi.
1916-yilda orolda neftni qayta ishlash zavodi ochildi. 1954-yili hudud yarim avtonom maqomga ega bo‘ldi va Niderlandiya Antil orollari deb nomlandi.
2010-yil 10-oktabrda Niderlandlar va Niderlandlar Antili o'rtasida imzolangan bitimga ko‘ra, Bonayr, Sint-Estatius va Sabaga Niderlandiya avtonom hududlari maqomi berildi. Kyurasao va Sint-Marten esa Niderlandiya Qirolligi tarkibi mustaqil subyektga aylandi. Niderlandlar hukumati mudofaa va tashqi siyosat masalalarini o‘z zimmasiga oldi.
Iqtisodiyoti
tahrir1920-yildan neftni qayta ishlash tarmog‘i hisobiga iqtisodiy jadal rivojlandi.
Kyurasao bojsiz savdo hududi hisoblanadi. Hozirda iqtisodiyot asosini sayyohlik va ofshor biznesi tashkil qiladi.
Tuprog‘i unumsizligi va chuchuk suv yetishmasligi bois qishloq xo‘jaligi kam taraqqiy etgan. Asosiy savdo sheriklari - AQSh, Gvatemala, Singapur, Dominikan Respublikasi, Gaiti, Venesuela va Braziliya.
Havolalar
tahrirManba
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Rahmatov, Laziz. Dunyo mamlakatlari: Avstraliyadan Hindistongacha. Toshkent: Yangi kitob, 2019 — 374-bet. ISBN 978-9943-5544-8-1.