Kurort, kurortl ar (nem. Kurort — shifobaxsh joy) — odam organizmiga foydali va yoqimli taʼsir etadigan tabiiy shifobaxsh vositalar (mineral buloklar, shifobaxsh balchiqlar, kulay iqlim va boshqalar)ga ega va shu vositalarni davolash-profilaktika maqsadida qoʻllash uchun zarur shart-sharoitlar boʻlgan joy. Shunday joylarda sanatoriylar tashkil etiladi. Tabiiy davo vositalarining harakteriga koʻra, balneologik (k,. Balneoterapiya), balchiq bilan davolaydigan (qarang Balchiq bilan davolash) va iqlimiy (qarang Iqlim bilan davolash) K.lar farq qilinadi. Koʻp K.larda bir necha xil davo omillari (balchiqli balneologik, balneoiqlimiy, iqlimiybalneologik-balchiqli) boʻladi.

Balneologik K.larda asosiy davo omili vanna, dush, basseynda choʻmilish (gidrokarbovatli, vatriy sulfatli va boshqa suv manbalari), shuningdek, ingalyasiya, yuvish, klizma, chayish va boshqa koʻrinishida qoʻllaniladigan mineral suvlar hisoblanadi. Toshkent mineral suvi, Chortok, Chimyon, Kislovodsk, Sochi va boshqa sanatoriylar bunga misol boʻla oladi.

Balchiq bilan davolaydigan K.da suvi shoʻr koʻl va limanlarning il balchigʻi, sapropel balchigʻi (suvi chuchuk koʻllarning il balchigi), torfli balchiqlar (chuchuk va minerallashgan) ishlatiladi. Oʻzbekistonda, asosan, Jizzax viloyatidagi Baliqchi koʻl balchigʻidan foydalaniladi.

Iqlimiy K.larda iqlim omillarining shifobaxsh xususiyatlari: K.ning geografik joylashishi, relyefi va tabiati bilan bogʻliq. Oʻzbekistonda iqlimiy K.lardan Oqtosh, Chimyon va boshqa mashhur.

K.lar joylashgan oʻrniga qarab dengiz boʻyi, TOGʻ tekislik (pastlik), oʻrmon, dasht, yarim choʻl va choʻl iqlimli K.larga boʻlinadi. Havo va quyosh vannalari, shuningdek, dengiz, daryo va koʻllarda choʻmilish iqlimiy K.larning asosiy davo usullaridir. Oʻzbekistondagi K. joylardan dastlab Toshkent viloyatining Yangibozor qishlogʻida qimiz bilan davolaydigan, keyinchalik Shohimardonda (1932) oʻpka silini davolaydigan sanatoriylar qurildi.

Togʻ iqlimiy K.lari (mas, Issiqkoʻl)t ultrabinafsha nurlar koʻp, temperatura pastroq, havo toza va ionlashgan boʻladi. Dasht K.larida yoz juda issiq va birmuncha quruq boʻlib, bemorlar, asosan, iqlimiy omillar va qimiz bilan davolanadi (qarang Qimiz bilan davolash).

K.da davolanish faqat tabiiy davo vositalaridan foydalanish emas, balki organizmning himoya kuchlarini, shuningdek, uning noqulay ob-havo omillariga chidamini oshirishga qaratilgan zarur profilatik chora-tadbirlarni ham oʻz ichiga oladi. Zaruriyatga qarab fizioterapevtik muolajalar, shifobaxsh fizkultura, parhez taomlar, dori-darmonlar, turli giyehlardan tayyorlangan sharbatlar ishlatiladi.

K.larda davolash maxsus ruxsatnomalarga binoan olib boriladi. Bemorning K.da davolanishi uchun koʻrsatma boʻlsa, unga tavsiya etilayotgan K.ning xili, davolash turi (sanatoriy yoki amboʻlatoriya) va mazkur bemorning davolanishi uchun eng qulay fasl koʻrsatilgan maʼlumotnoma beriladi. Bu bemorga K.ga yoʻllanma olish uchun asos boʻladi. Soʻngra vrach bemorga sanatoriy-K. kartasini toʻldirib beradi. Baʼzi kasalliklarda (sil, miokard infarqti, insult va boshqalar) sanatoriy-K.da davolash oʻrganib qolingan iqlim sharoitlarida oʻtkazilsa samaraliroq boʻladi. K.ga borish toʻgʻrisidagi masa-lani hal etishdan avval, albatta, davolovchi vrach bilan maslahatlashib olish kerak.

Jahonga mashhur K.lardan Varva, Zakopane, Karlovi-Vari, Nitssa, shuningdek, Yessentuki, Jeleznovodsk, Kislovodsk, Pyatigorsk, Sochi, Oʻzbekiston Respublikasi dagi Chimyon, Chortoq va boshqalarda tabiiy davo omillari bilan davolash yoʻlga qoʻyilgan. Tolibjon Sobirov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil