Kongo Demokratik Respublikasi
Kongo Demokratik Respublikasi —(Kongo Demokratik Respublikasi) Afrikada joylashgan mamlakat. Poytaxti – Kinshasa shahri. BMT aʼzosi
Kongo Demokratik Respublikasi République Démocratique du Congo
| |
---|---|
Shior: Justice, Paix, Travail (Fransuzcha: Justice, Peace, Work) | |
Madhiya: Debout Congolais (Arise Congolese) | |
Poytaxt | Kinshasa |
Rasmiy til(lar) | Fransuz tili |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
Josef Kabila | |
Mustaqillik (Belgiyadan) | |
• Sana |
30-iyun 1960 |
Maydon | |
• Butun |
78,866 km2 (116-oʻrin) |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
10,241,138 (78-oʻrin) |
• Zichlik | 129/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$46,370 mil. (80-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$4,528 |
Pul birligi | Franc Congolais (CDF) |
Qisqartma | CG |
Telefon prefiksi | 243 |
Internet domeni | .cd |
|
Kongo (Conqo), Kongo Demokratik Respublikasi (République Démocratique du Conqo; 1971—97 yillarda Zair Respublikasi) – Markaziy Afrikada joylashgan davlat. Maydoni 2345,4 ming km². Aholisi 65,71 mln kishi (2012). Poytaxti – Kinshasa shahri Maʼmuriy jihatdan 11 viloyat (province)ra boʻlinadi.
Davlat tuzumi
tahrirKongo – respublika. Davlat va hukumat boshligʻi – prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni hukumat va Oʻtish parlamenti tomonidan qabul etiladigan dekret qonunlar orqali prezident amalga oshiradi. Ijroiya hrkimiyatni ham prezident amalga oshiradi; u hukumat aʼzolarini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
Tabiati
tahrirK. hududi Shimoliy va Janubiy yarim sharlarning ekvatorial va subekvatorial mintaqalarining qirlar bilan oʻralgan Kongo botigʻida joylashgan. Kongo botigining eng past (300–350 m) allyuvial tekislik qismi mamlakatning markazi va gʻarbidadir. Jan.da balandligi 700–1000 m dan 1200–1300 m gacha boʻlgan supasimon platolar bor. Shaba viloyatidagi Mitumba togʻlari (1889 m), Maniqa (1679 m) va Kundelungu (1772 m) platolari keng tektonik botiklar bilan ajralgan. Sharqiy chegarasi boʻylab balandligi 2000–3000 m li top;ar joylashgan. Eng baland joyi – K. va Uganda chegarasidagi Ruvenzori togʻi (5109 m). Sunmagan vulkanlar bor. Kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Foydali qazilmalardan mis, kolbalt, rux, uran, qalay, temir, volfram va marganets rudalari, boksit, oltin, kumush, platina, olmos, nikel, molibden, koʻmir va boshqa qazib olinadi.
Iqlimi mamlakat shimolida (3° shahri k. bilan 3° j. k. oraligʻi) ekvatorial, hamisha seryogʻin, janubida va chekka shimoliy da subekvatorial, yozi seryogʻin, qishi quruq, Kongo botigʻi va uning atrofidagi platolarda eng issiq oy – martning oʻrtacha temperaturasi 24—28°, eng salqin oy – iyulning oʻrtacha temperaturasi 22— 25°. Sharqi va janubi-sharqidagi togʻlarda iqlim salqinroq. Shaba viloyatida temperatura iyulda 16°, oktabrda 24°. Yillik yogʻin ekvatorial mintakada 1700–1800 mm dan 2000–2200 mm gacha, sharqidagi togʻlarda 2500 mm va undan koʻproq; chekka janubida 1000–1200 mm, eng shimolida 1300–1500 mm.
Daryolari koʻp va sersuv. Eng katta daryosi – Kongo va uning irmoqlari. Mamlakat xududining 9/10 qismi Kongo daryosi havzasida joylashgan. Deyarli hamma daryolarida ostona va sharsharalar bor, gidroenergiya resurslari nihoyatda katta. Daryolarning maʼlum qismlaridagina kema qatnaydi. K.da Kivu, Tanganika, Mveru, Tumba va boshqa koʻllar bor. K.ning shimoliy qismida podzollashgan laterit tuproq. Botqoqlashgan tuproklarda doimiy yashil ekvatorial sernam oʻrmonlar bor. Janubiy qismida va eng chekka shimolidagi kizil tuproklarda, asosan, boʻyi baland oʻtli savannalar, daryo boʻylarida esa galereyali oʻrmonlar oʻsadi. Janubi-sharqiy chekkasidagi qizil-qoʻngʻir tuproqli yerlarda barg toʻkuvchi siyrak savanna oʻrmonlari bor. Sharkdagi togʻlarda balandlikka koʻtarilgan sari mintaqalar oʻzgarib, sernam ekvatorial oʻrmonlardan baland togʻ ekvatorial oʻtloqlarigacha almashinib boradi. Ruvenzori togʻida abadiy qor va muzliklar bor. Oʻrmonlarda qimmatbaho yogʻochli qizil, sariq, eben, limba, agba kabi daraxtlar, yogʻli palma, kauchuk beradigan oʻsimliklar oʻsadi. Hayvonot dunyosi juda boy. Oʻrmonlarda har xil maymun, toʻngʻiz; savannalarda fil, karkidon, buyvol, jayran, gʻizol, zebra, jirafa, arslon, qoplon, gepard, chiyaboʻri, sirtlon, begemot (daryo va koʻllarda), qushlarning turli xillari, timsoh, zaharli ilonlar, baliq va hasharotlar (setse pashsha, termitlar) koʻp. Milliy bogʻlari – Virunga, Garamba, Salonge, Kaxuzi-Biyego va boshqa
Aholisi
tahrirK.da 300 dan ortiq qabila va elatlar: luba, kongo, ruanda, azonda, bangi, tva va boshqa bor. Aholining 30% ga yaqini yirik shaharlarda yashaydi. Rasmiy til – fransuz tili; suaxili tillari, shuningdek, 20 dan koʻproq lahja bor. Aholining yarmiga yaqini mahalliy dinlarga, qolganlari xristian diniga eʼtiqod qiladi. Muhim shaharlari: Lubumbashi, Mbuji-Mayi, Kisangani, Kananga, Bukavu, Likasi, Matadi, Kikvit.
Tarixi
tahrirHozirgi K. hududida quyi paleolit davriga oid manzilgoxlar va tosh qurollar topilgan (Kasai, Lualaba, Luapula daryolarining yuqori oqimi). Yevropaliklar bu yerga kelishidan ancha avval Bakuba davlati hukm surgan, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Soʻng Baluba, Lunda va shahri k. oʻndan ortiq mayda davlatlar mavjud boʻlgan. Aholisi ovchilik, baliqchilik, dehqonchilik, temir va mis rudalarini eritish ishlari bilan shugʻullanib kelgan. 15-asr oxirida portugʻallar (D.Kan ekspeditsiyasi) Kongo daryosi havzasiga oʻrnashib olib, uni qul bozoriga aylantirdi (15—19-asrlar mobaynida u yerdan 13 mln. dan ortiq qul Amerikaga olib ketildi). Mahalliy xalq mustamlakachilarga, mahalliy amaldorlarga qarshi uzoq vaqt kurash olib bordi (1890-92, 1895-96, 1897-1900, 1901—07). 19-asr 70-yillarida Belgiya qiroli Leopold II har xil nayranglar bilan katta hududni bosib oddi. Bu hudud „Ozod Kongo davlati“ nomi bilan Leopold II mulkiga aylantirildi (1885). 1908-yil mazkur hudud kompensatsiya evaziga Belgiya ixtiyoriga berilgach, Belgiya Kongosi nomi bilan uning mustamlakasiga aylandi. Hokimiyatni general-gubernator idora qildi. Qul savdosi va ekspluatatsiyaning kuchayishi natijasida mahalliy aholi kamayib ketdi (1884-yil 30 mln; 1915-yil 15 mln.). Shunga qaramay, mamlakatda mustamlakachilarga qarshi harakat toʻxtamadi.
Birinchi jahon urushi yillarida va urushdan keyin mustamlakachilar mamlakat tabiiy boyliklari (oltin, olmos, mis va shahrik.)ni qazib olib, tashib keta boshladi. Kongo Demokratik Respublikasining eksportga moʻljallangan sohalari (kauchuk, kofe, kakao), konchilik va sanoatning kimyo, oziq-ovqat, toʻqimachilik, qurilish materi-allari kabi tarmoqlari, transport va energetika rivojlanib bordi. Katanga, Leopoldvil, Kasai va Kivu viloyatlari asosiy sanoat markazlariga aylandi. Yirik shaharlar qad koʻtara boshladi.
Ikkinchi jahon urushi davrida Belgiya Kongosi AQSH va Buyuk Britaniyaga harbiystrategik xom ashyo (mis, kalay, kobalt, rux, uran va boshqalar) yetkazib beradigan manbaga aylantirildi. Urushdan keyin 40-, ayniqsa, 50-yillarda mehnatkashlarning mustamlaka zulmiga qarshi harakati keskin tus oldi. Af-rikaliklar kasaba uyushmalari tuzish huquqiga erishdilar(1946). Koʻpgina madaniy-maʼrifiy tashkilotlar toʻzilib, ular keyinroq siyosiy partiyalarga aylandi. Bu partiyalar milliy ozodlik harakatini uyushtirib, Belgiya hukumatidan mustaqillik berishni talab qildi. Nihoyat, Belgiya bu talabni qondirishga majbur boʻldi.
1960-yil 30-iyunda mustaqil K. Respublikasi eʼlon qilindi. Kongo milliy harakati partiyasi rahbari Patris Lumumba bosh vazir, J. Kasavubu prezident lavozimini egalladi. 1960-yil sentabrda K. Respublikasi BMTga qabul qilindi. Respublika rahbarlari oʻrtasidagi kelishmovchiliklar mamlakat mustaqilligiga rahna sola boshladi. 1960-yil yevropaliklarni himoya qilish bahonasi bilan K.ga Belgiya qoʻshinlari bostirib kirdi. Bosqinchilarni daf qilish uchun Lumumba iltimosi bilan K.ga BMT armiyasi kiritildi. Lekin bu armiyaning sustkashligi natijasida milliy hukumat hokimiyatdan chetlatilib, vatanparvar rahbarlar taʼqib qilindi. Lumumba vahshiyona oʻldirildi (1961-yil yanvar). Vatanparvarlar mustaqillik kurashini toʻxtatmadilar. Ularning tazyiqi ostida parlament chaqirilib, S. Adula boshliq yangi hukumat tuzildi (1961-yil iyul). 1964-yil K. Demokratik Respublikasi deb eʼlon qilindi. 1965-yil 25-noyabr
da hukumat armiya qoʻliga oʻtdi. Uning bosh qoʻmondoni general-leytenant S. S. Mobutu mamlakat prezidenti deb eʼlon qilindi. Parlament yana tarqatildi, siyosiy partiya va jamoat tashkilotlari faoliyati taqiklandi.
Keyingi yillarda ichki siyosiy ahvol keskinlashdi. 1997-yil davlat toʻntarishi natijasida prezident Mobutu lavozimidan chetlatildi. Demokrat kuchlar uyushmasining rahbari Loran-Dezire Qabila hokimiyat tepasiga keldi. 2001-yildan mamlakat prezidenti – Jozef Qabila. Milliy bayrami – 30-iyun – Mustaqillik kuni (1960).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari
tahrirK. ozodligi harakati, 1998-yil tuzilgan; Demokratiya uchun kongoliklar uyushmasi, 1998-yil tashkil etilgan; Inqilob xalq harakati, 1967-yilda asos solingan; Demokratiya va ijtimoiy taraqqiyot ittifoqi, 1982-yilda tuzilgan; Federalchilar va mustaqil respublikachilar ittifoqi, 1990-yilda tuzilgan. K. mehnatkashlar milliy birlashmasi, birlashgan kasaba uyushma markazi, 1967-yilda asos solingan.
Xoʻjaligi
tahrirK. – kon va rangli metallurgiya sanoati rivojlangan agrar mamlakat. Xoʻjaligi tashqi bozor uchun mineral va qishloq xoʻjaligi xom ashyosi ishlab chiqarishga moʻljallangan. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 31,4%, konchilik sanoati ulushi 26,9%, savdo va xizmat koʻrsatish ulushi 33,9%.
Sanoati
tahrirIqtisodiy faol aholining 13% sanoatda band. Shaba viloyatida mis, marganets, Kipushida rux, Lualaba daryosi va Tanganika kuli ora-ligʻida qalay, Shimoli-sharqda oltin, Chikapa va Kasai daryolari havzasida olmos qazib chiqariladi. Eng yirik GESlar Shabada, Kongoning quyi oqimida 300 ming kVt li GES qurilgan. Rangli metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik, sement, kimyo, oʻrmonchilik, yogʻoch tilish, kemasozlik, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnpoyabzal, qand-shakar sanoati korxonalari hamda yogʻ, pivo, un zavodlari, tamaki fabrikalari, Matadi, Kinshasada kemasozlik va kema taʼmirlash korxonalari, Mvandada neftni qayta ishlash zavodi bor. Asosiy sanoat markazlari: Kinshasa, Lumumbashi.
Qishloq xoʻjaligi
tahrirIqtisodiy faol aholining 76% qishloq xoʻjaligida band. Yirik plantatsiya va chorvachilik xoʻjaliklari bilan birga yarim natural mayda dehqon xoʻjaliklari mavjud. Yirik xoʻjaliklar yetishtirgan mahsulot (palma yogʻi, kakao, geveya, kauchuk, kofe, choy va boshqalar) eksport qilinadi. Ichki ehtiyojlar uchun maniok, banan, sabzavot, sholi, makkajoʻxori, sizal, tariq, shakarqamish, paxta, batat ekiladi. Qoramol, choʻchqa, echki, qoʻy boqiladi, baliq ovlanadi. Oʻrmon boyliklaridan yetarli foydalanilmaydi. Eksport uchun qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi. Moy olish uchun yovvoyi palma mevasi teriladi. Umuman, qishloq xoʻjaligi ichki ehtiyojni qondirmaydi. K.da 16 ming km ichki suv yoʻli, 5,4 ming km temir yoʻl, 154 ming km avtomobil yoʻli bor. Dengiz portlari: Matadi va Boma. Kinshasa va Lubumbashida xalqaro aeroport bor.
Mineral xom ashyo eksport mollarining 80% ini tashkil etadi. Chetga mis, kobalt, rux, qalay, oltin, olmos, palma moyi va yongʻogʻi, kofe, choy, kauchuk, yogʻoch chiqaradi. Chetdan mashina-uskunalar, metall buyumlar, dori-darmon, transport vositalari, oziq-ovqat, gazlama, yoqilgʻi keltiradi. K., asosan, Belgiya, Lyuksemburg, AQSH, Italiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi – K. franki.
Tibbiy xizmati
tahrirK.da yuqumli kasalliklar keng tarqalgan. 1990-yillarning boshlarida 4324 shifoxona, shu jumladan, 402 umumiy kasalxona, 300 dan ortiq tugʻruqxona, 500 dan koʻproq dispanser, 12 tibbiyot markazi, 19 klinika, 5 sil va 3 ruhiy bemorlar kasalxonasi, 28 leprozoriy (moxovxona) boʻlgan. Ularda 2143 vrach, 20 ming tibbiy hamshira va doya ishladi. Vrachlar Kinshasa, Lubumbashi, Kisangani universitetlarida, oʻrta tibbiy xodimlar Kinshasadagi tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
tahrir1968-yildan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich va oʻrta taʼlimning 1-pogʻonasi bepul. Darslar fransuz tilida; boshlangʻich maktabda mahalliy tillardan foydalaniladi. Boshlangʻich maktab – 6 yillik, oʻrta maktab – 6 yillik. Davlat maktablaridan tashqari xususiy maktablar ham bor. K.da 19 davlat, 70 xususiy texnikum, 14 pedagogika bilim yurti boʻlib, ularda oʻqish muddati – 3—4 yil Oliy oʻquv yurtlari: Kinshasa universiteti (1954), Kisangani universiteti (1963), Lubumbashi universiteti (1955), Nafis sanʼat akademiyasi, Yangambidagi agronomiya fanlari instituti va Kinshasadagi pedagogika instituti, shuningdek, ayrim texnikumlarning 5 yil oʻqitiladigan baʼzi fakultetlari ham oliy maʼlumot beradi. Ilmiy muassasalari: Kinshasada – Markaziy Afrika ilmiy tadqiqot instituti (1975), Tropik tibbiyot instituti (1899), Kongo geografiya instituti (1949), Atom energiyasi markaziy komissarligi (1959), geologiya tadqiqotlari byurosi, Lubumbashida K. tarix jamiyati (1974) bor. Kutubxonalari: Kinshasa milliy universitetining markaziy kutubxonasi (1954), Lumumbashi universitetining kutubxonasi (1955), Kisangani universitetining kutubxonasi, Kinshasadagi xalq kutubxonasi (1932), Kinshasadagi arxiv (1949).
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. K.da 50 dan ortiq gaz. va jurnal nashr etiladi. Eng muhimlari: „Boyoma“ (kundalik gaz.), „Mjumbe“ (kundalik gaz., 1963-yildan), „Potansye“ („Imkoniyat“, fransuz tilidagi kundalik gaz., 1982-yildan), „Elima“ (fransuz tilidagi kundalik gaz., 1928-yildan) va boshqa K. matbuot agentligi hukumat axborot mahkamasi boʻlib, 1957-yil tashkil etilgan. Radio va televideniye hukumatga karashli. Yirik shaharlarda 9 radiostansiya va poytaxtda telestansiya bor.
Adabiyoti fransuz tilida va mahalliy luba, lingala, kikongo va boshqa tillarda rivojlanib borayotir. K. xalqi qad. va boy folklor anʼanalariga ega. Xalq ogʻzaki ijodi namunalarini yozib olish va nashr etish 19-asr oxiridan boshlandi. Belgiyalik daʼvatkorlar xristian dinini targʻib qilish maqsadida mahalliy tillarda gaz. va maktablar uchun darsliklar nashr etdi. Bu milliy adabiyotning shakllanishiga yordam berdi. Yosh K. adabiyoti, asosan, mustamlakachilar va cherkov nazorati ostida rivojlandi. Ayrim yozuvchilargina milliy mustakillik uchun kurashga chorlovchi asarlar yarata oldi (P. Kabongo sheʼrlari va A. R. Bolambaning „Qora ayolning evolyusiyasi masalasi“ asarlari va boshqalar). 1920—50 yillar K. adabiyotida diniy sheʼriyat katta oʻrin tutdi. Bu adabiyotning ayrim vakillari (A. Isambu, O. Ngongo) mustamlakachilikni fosh etuvchi asarlar yezdi. Mamlakat mustaqilligi eʼlon qilinishi arafasida P. Lumumba va boshqalarning haqiqiy milliy ozodlik uchun kurashga chorlovchi siyosiy mavzudagi sheʼrlari bosildi.
Nasrda folklor va axloqiy-diniy mavzudagi hikoyanavislik salmoqli oʻrin tutadi. „Bobolarimiz“, „Sokin jang“, „Muhabbat gʻalabasi“ (D. Mutombo), „Oq odam kelgach…“ (A. R. Bokvango), „Kunda Kalumbi – Afrika qizi“ (F. Edm) qissalari, „Negrlar hayoti sahnalari“ hikoyalar toʻplami K. adabiyotining yirik namunalaridir. Keyingi yillarda dramaturgiya rivoj topdi. A.Monjita, Bondekve, J. Dizazi pyesalari shuhrat qozondi. Ngal Mbvil a Mpangning „Jambatist Viko“ va „Adashish“ romanlari afrikalik ziyolilarning xalq bilan oʻzaro munosabatlari muammosiga bagʻishlangan. Tiunamo-Vumbaning hikoyalari, Batukezanga Zamenganing qissalarida ijtimoiy muammolar koʻtarilgan.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
tahrirShaba viloyati va boshqa joylarda togʻ qoyalariga oʻyib ishlangan rasmlarda odamlar, jonivorlar va oʻsimliklar tasvirlangan, ular neolit davriga mansub deb taxmin qilinadi. Koʻpgina Afrika mamlakatlaridagidek K.da ham uylar chetan devorli, baʼzan loydan kvadrat yoki aylana qilib solingan va usti poxol, pichan, shox-shabba bilan yopilgan. Daryo boʻylarida yashovchi baliqchilarning uylari qoziqlar ustiga qurilgan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlaridan Kinshasa, Boma, Mbandaka, Likasi, Kisongaki, Lubumbashi va boshqa shaharlarda koʻp qavatli uylar tropik iqlimga moslab qurildi. Keyingi yillarda metall konstruksiyalardan va boshqa yangi qurilish materiallaridan foydalanila boshladi. Shahar chekkalariga bir xil koʻrinishdagi baraksimon uylar qalashtirib tashlangan.
Xalq sanʼatida yogʻoch haykalchalar ishlash keng rasm boʻlgan. Naqshli yogʻoch niqoblar ishlashga ahamiyat beriladi. Bu niqoblarda xilma-xil kayfiyat (iztirob, gʻazab, quvonch va boshqalar) ifodalanadi. Mustamlaka tuzumi yillarida K. haykaltaroshligida yevropalik ustalarga taqlid avj oldi. 1940-yillarning oxiriga kelib dastgoh rassomligi vujudga keldi: A. Montita manzara, A. Kiabelua portret asarlari yaratdi. Bir guruh rassomlar rangdor bezak kompozitsiyalari ustida ish olib bordi. Kinshasada meʼmorlik instituti va Plastik sanʼati instituti ishlaydi.
Yogʻoch va sopol idishlar tayyorlash, palma tolasidan rangdor mato, savat, boʻyra toʻqish taraqqiy etgan. Odam qiyofasidagi cholgʻu asboblari, oʻymakorlik uslubidagi mebel, oʻq yoy va turli asboblar yasash avj olgan. Hunarmandchilik rivojlangan. Haykaltaroshlik va rassomlik oʻziga xos tarzda endigina rivojlana boshladi.
Musiqasi
tahrirK. hududida Baluba, Bushong, Kongo, Lunda va boshqa davlatlar tashkil topishidan avval bakongo, mongo, balengola, lokele, bangala, bateke, baluba va boshqa xalqlarning professional musiqa madaniyati shakllanib, rivojlana boshlagan. Musiqa anʼanalari naqadar xilma-xil boʻlmasin, bantu va pigmeylarning musiqiy madaniyati alohida ajralib turadi. Xalq bayramlarida qatnashgan baxshi shoirlar yoʻlboshchilarning qahramonligi va donoligini madh etgan.
K. orkestri ngoma, ikonko, toku, lokuka nogʻoralaridan, lira, arfa, sitra, truba, fleyta, burgu va boshqa cholgʻulardan iborat. Nogʻoradan turli xabarlar berishda foydalaniladi, shuningdek, u qoʻshiqchi va raqqosalarga joʻr boʻladi. „Nogʻora tili“ga yoshlikdan oʻrgatiladi. Milliy kuylarni gitara, saksofon va boshqa Yevropa asboblari joʻrligida ijro etgan professional orkestrlar K.da gitara uslubi deb nom olgan. Mehnat jarayonlari (baliq ovlash, eshkak eshish, dehqonchilik ishlari) paytida qoʻshiq aytish va raqs tushish odat boʻlgan. Mashhur xonandalari: Lvambo Makiadi, Tabu Ley, Abeti Masikinl, Mpongo Lav va boshqa 1968-yil Kinshasada Milliy musiqa va teatr sanʼati akademiyasi tashkil topgan. Professional kadrlar Milliy sanʼat institutida tayyorlanadi.
Teatr sanʼati xalq udumlari va bayramlari asosida qadimdan rivojlanib kelgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa madaniyati taʼsirida dastlab havaskorlar toʻgaragi, soʻng dramaturgiya vujudga keldi. Rassom va dramaturg A. Monjita Leopoldvilda K. folklori ligasi truppasi – „Lifoko“ni tuzdi. Truppa 1960-yil oʻrtalarigacha sahnalashtirilgan ertaqlar va turmush syujetlari asosida tomosha koʻrsatgan.
Mustaqillik yillarida havaskorlar teatrlari yanada rivojlandi. Ular repertuaridagi „Ngongo Lyutete“ (D.Bolamba), „Uganda zahmatkashlari“ (M.Andren), „Ngombe“ (A.Monjita) va boshqa pyesalarda tarixiy, tarbiyaviy va diniy mavzudagi voqealar aks etgan.
Yangi tashkil etilgan „Oʻn ikkilar teatri“da qoʻyilgan „Optimist“, „Saylov siri“ va boshqa pyesalarda ijtimoiy ziddiyatlar, oʻtmish sarqitlari tanqid qilingan. 1969-yil Kinshasada milliy teatr truppasi tuzildi. Bu truppaning „Ohular otilmasin“, „Qora masih yoki Simon Kimbangu“ spektakllarida atrof muhitni muhofaza qilish muammolari koʻtarilgan, mustamlakachilik asoslari fosh etilgan. Bu truppa professional teatr – Milliy teatr kompaniyasiga aylantirildi, uning huzurida 2 truppa: milliy balet va drama truppalari mavjud. Ularning ishlarida Afrikaga xos koloritni saqlash bilan birga zoʻr ifodali ijroga alohida eʼtibor beriladi. B. B. Dadyening „Janob TogʻoNini“, G.Oyono-Mbianing „Yana bir ogohlantirish“ pyesalari, Molyer va Gogol asarlari bunga misol boʻla oladi.
K.da milliy kinematografiya endigina rivojlana boshladi.[1]
Tarixi
tahrirXV-XVI asrlarda hozirgi Kongo hududlarida Teke, Laongo davlatlari boʻlgan. 1875 yilda fransuzlar mustamlakaga aylantira boshladi. 1891 yilda Fransuz Kongosi tashkil topdi. 1910 yilda Fransuz Ekvatorial Afrikasi tuzilgan vaqtda mustamlaka hududi ikkiga boʻlindi – Gabon (garbiy qism) va Kongo (sharqiy qism). Kongo 1960 yilda mustaqillikka erishdi.
Geografiyasi
tahrirFoydali qazilmalari
tahrirHayvonat olami
tahrirSiyosiy tizimi
tahrirHududiy boʻlinishi
tahrirKongo Demokratik Respublikasining 2005-yilgi konstitusiyasida 26 provinsiyaga boʻlinadi. Hozirda mamlakatda 26 provinsiya bor. Avallari 11 viloyat boʻlgan.
- Janubiy Kivu
- Shimoliy Kivu
- Yuqori Kongo
- Quyi Kongo
- G'arbiy Kasai
- Sharqiy Kasai
- Ituri
- Ekvatorial provinsiya
- Katanga (Shaba)
- Bandundu
- Sharqiy provinsiya
Asosiy shaharlar
tahrirIqtisodi
tahrirTashqi savdosi
tahrirAholisi
tahrirQurolli kuchlari
tahrirManbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |