Jalolobod (shahar)
Jalolobod (qirgʻizcha: Жалалабат; dʒɑlɑlɑbɑt) — Qirgʻiziston Respublikasidagi shahar, Jalolobod viloyatining maʼmuriy markazi. Fargʻona vodiysida, oʻrtacha 764 m balandlikda, Bishkek—Oʻsh avtomobil yoʻlida joylashgan. Bishkek shahridan 550 km janubida. Aholisi 113 900 kishi „Jalolobod“ kurorti korpuslaridan biri. (2000). 1877 va 1927 yillarda shahar maqomini olgan.
Jalolobod qirgʻizcha: Жалалабат | |
---|---|
shahar | |
40°56′0″N 73°00′0″E / 40.93333°N 73.00000°E | |
Mamlakat | Qirgʻiziston |
Viloyat | Jalolobod viloyati |
Hukumat | |
• Mer | Ernisbek Ormokov |
Qachondan beri shahar | 1877 |
Maydon | 246 km2 (95 kv mi) |
Balandlik | 763 m |
Aholisi (2009) |
113 900[1] |
Milliy tarkib |
oʻzbeklar — 60% qirgʻizlar — 24,7 % uygʻurlar — 8,6 % tatarlar — 1,2 % ruslar — 0,6 %[1] |
Konfessiyaviy tarkib | Islom, Xristianlik |
Vaqt mintaqasi | UTC 6 |
Telefon kodi | 996 3722 |
Avtomobil kodi | 04, D |
|
Respublikaning sanoat va madaniyat markazlaridan. Metallsozlik, yengil, oziq-ovqat, mashinasozlik, elektronika sanoatlari, qurilish materiallari va mebel ishlab chiqarish rivojlangan. Yirik korxonalari: „Hyp“, „Oq paxta“, „Momojemish“, „Temirtosh“, „Mingbuloq“, „Ayubbuloq“, „Jalolobodtattuusu“, „Qurilish materiallari“ ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalar. Ularda tikuvchilik buyumlari, ip-gazlama, poyabzal, mebel ishlab chiqariladi. Metallsozlik korxonalarida nasoslar, elektr isitish priborlari, qishloq xoʻjaligi qurollari, elektronika sanoati mahsulotlari, „Hyp“ korxonasida avtomobillar chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati korxonalari (un tortish, sut-goʻsht, sabzavot va meva konservalash, mineral suv qadoqlash), neftni qayta ishlash zavodi (quvvati yiliga 500 ming t) mavjud. Temir yoʻl orqali Bishkek, Oʻsh, Qorasuv, Koʻkyongʻoq shaharlari; Oʻzbekiston va Tojikistonning sanoat markazlari bilan bogʻlangan. Aeroport bor. Jaolobodda oliy oʻquv yurtlari, musiqa va badiiy maktablar, muzey, teatr, filarmoniya, kutubxonalar mavjud. Shaharda qirgʻiz, oʻzbek va rus tillarida 10 ta gazeta nashr qilinadi. Shahar yaqinida balneologik kurort joylashgan.[2]
Tarixi
tahrirJalolobod shahriga XVII asrlarda Jaloliddin ismli oʻzbek shahs asos solgan. Avalliga Qoʻqon xonligining tarkibida Jalolobod qishloq boʻlib tuzilgan.
Rossiya Imperiyasi davrida
tahrirRossiya impriyasi davrida Jaolobod shahri Fargʻona viloyati Andijon uezdi tarkibida boʻlgan
SSSR davrida
tahrirJalolobod shahri SSSR davrida Oʻzbek SSRning Fargʻona viloyati tarkibida boʻlgan. Turkistonni bir qismini bosib olgan va Turkistonda yana bir mamlakat yuzaga kelish xohishida boʻlgan Moskva, yangi barpo eʼtilgan davlat, yʻani, Qirgʻiz SSRning tarkibiga qoʻshgan va 1939-yilning 21-noyabrida viloyat markazi maqomiga eʼga boʻlgan. 1958-yilning 11-dekabrida esa Oʻsh viloyatining tarkibiga qoʻshilgan.
Mustaqillik yillarida
tahrir1991-yil Qirgʻiziston oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritdi, xuddi shu yili shahar yana viloyat markazi mavqeiga ega boʻldi.
Fotogalareya
tahrir-
Viloyat hokimiyati
Madaniyati
tahrirShahar maktablari
tahrirDiqqatga sazovor joylari
tahrirShaharning taniqli shahslari
tahrirShaharda tavallud topganlar
tahrirQodirjon Botirov — (tav. 9 mart, 1956yil). Oʻzbek. Respublika Oʻzbek milliy-madaniyat markazi rais muovini, Jalolobodlik taniqli tadbirkor, oʻz hisobidan barpo etilgan hususiy Olim Botirov nomli Doʻstlar Birligi Universitettining Prezidenti.
Mavluda Asalxoʻjayeva — (tav. 15-oktabr, 1963yil). Oʻzbek. Oʻzbekistonda hizmat koʻrsatgan sanaʼtkor.
Shapavalov Igor Aleksandrovich[sayt ishlamaydi] — SSR xalq artisti.