Hotam Fayziyev
Fayziyev Hotam Xolmatovich (1937-yil 10-may, Toshkent — 2013-yil 7-may) — oʻzbek kinooperatori va rejissori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1983). „Besh ogʻaynilar“ filmi uning birinchi mustaqil ishidir. Keyinchalik „Sen yetim emassan“, „Surayyo“, „Vijdon amri bilan“, „Toshkent non shahri“, „Sevgi fojiasi“, „Abu Rayhon Beruniy“, „Yilning toʻrt fasli“, „Sel“, „Ehtiyot boʻl! Ilon!“, „Buvimni qaytaring“, „Hayot mazmuni“, „Alif Laylo“, „Yulduzimni qaytib ber“, „Katta janjal“, „Utgan kunlar“, „Ayollar saltanati“, „Chimildiq“, „Sardor“, „Dilxiroj“, „Yodgor“, „Dard“ kabi badiiy va koʻp qismli televizion filmlarga operatorlik qildi. Shuningdek, „Serquyosh joy“, „Oʻzbek sanʼati dekadasi“, „Qirq yil va bir kun“, „Toshkent — zilzila!“, „Samarqand, hamisha men bilan“, „Navoiy shahri“, „Mening minglab oʻgʻilqizlarim“, „Avlodnoma“, „Murodning orzuumidlari“, „Ayol madhiyasi“, „Bobur“, „Tushlar“ kabi hujjatli filmlarni ham suratga olgan. „Nashtar“, „Zumrasha“ satirik kinojur.larining koʻp sonlariga rejissyor operatorlik qilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1971). „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (1999).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |