Halim Haydarovich Usmonxoʻjayev (1919.20.11 Toshkent 1993.9.4) - mexanika sohasidagi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1984). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Toshkent toʻqimachilik institutini tugatgan (1950). Shu intda ilmiy tadqiqot sektori boshligʻi (1950—52), assistent (1951 — 52), oʻqituvchi (1954—57), dekan (1958-61), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida oʻzi tashkil qilgan mexanizm va mashinalar nazariyasi laboratoriya mudiri (1961-yildan). Ilmiy ishlari, asosan, mashina agregatining dinamikasi, paxta terish va tozalash mashinalari, toʻqimachilik mashinalari nazariyasiga doir. Usmonxoʻjayev rahbarligida paxta terish mashinalarining ish unumini oshiruvchi va paxtaning toʻkilishini kamaytiruvchi tarkibiy shpindel yaratilgan va ishlab chiqarishga joriy qilingan. Usmonxoʻjayev shpindel tishlari trayektoriyasiga qarab tezlik rejimini aniklashga imkon beruvchi "Universal epigipotsiklograf" asbobni yaratgan, paxta terish mashinasi unumdorligini oldindan aniqlash formulasini ishlab chiqqan. Usmonxoʻjayev gazlama toʻqish avtomat stanogi mokisi naychalarini almashtirishdagi energiyani aniklash asbobi va boshqa ixtirolar muallifi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1989).

Manbalar

tahrir
  • Mexanizm va mashinalar nazariyasi [Darslik], T., 1970; Kinematika i dinamika mexanizmov i mashin (v soavtorstve), T., 1969; Tayni xlopka i chudesnie mexanizmi, T., 1979; Teoriya mexanizmov i proizvoditelnost xlopkouborochnix mashin, T., 1990.