Britney Spears
Britney Jean Spears (talaffuzi: Britni Jin Spirs; 2-dekabr 1981-yilda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, raqqosa va aktrisadir. U 1990-yillar oxiri va 2000-yillar boshlarida oʻsmirlar pop-musiqasining tiklanishiga taʼsir koʻrsatgan, shu sababdan ham uni „Pop malikasi“ deb atashgan. Turli sahnalar va teleseriallarda paydo boʻla boshlagan Spears 1997-yilda 15 yoshida Jive Records bilan shartnoma imzoladi. Uning AQShdagi diamond (olmos) sertifikatiga ega boʻlishga musharraq boʻlgan ilk ikkita studiyaviy albomi — ...Baby One More Time (1999) Oops!... I Did It Again (2000) global miqyosidagi muvaffaqiyatga erishib, barcha davrlarning eng koʻp sotilgan albomlari qatoridan oʻrin oldi, shuningdek, Spearsni barcha davrlarning eng koʻp sotilgan oʻspirin artistiga aylantirdi. Yuqoridagi ikki albomdan birinchisi uchun ijro etilgan Oops!… I Did It Again ashulasi 2020-yilda Rolling Stone jurnali tomonidan barcha davrlarning „eng buyuk debyut singli“ sifatida qayd etildi, ikkinchi albom esa AQShda ayol artistning eng tez sotilgan albomi sifatida 15 yillik rekordni oʻrnatgan boʻlib, birinchi haftadanoq 1.3 milliondan oshiq nusxada sotilgan.
Britney Spears | |
---|---|
Spears 2013-yil may oyida | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Britney Jean Spears 2-dekabr 1981-yil |
Janrlar | Pop, dance-pop, electropop, teen pop |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1992—hozirgacha |
Fuqaroligi | AQSh |
Turmush oʻrtogʻi | Jason Allen Alexander[1], Kevin Federline va Sam Asghari[2] |
Bolalari | 2 |
Veb-sayt | https://www.britneyspears.com/ |
Spears oʻzining keyingi ikki studiyaviy albomi — Britney (2001) va In the Zone (2003) uchun yanada yetuk va provokatsion mavzular hamda estetikani qabul qildi, bu orada Crossroads (2002) filmida bosh rolda suratga tushdi, bu uning aktrisa sifatidagi ilk debyut roli sanalardi. Spears oʻzining mashhur Blackout (2007) nomli beshinchi studiyaviy albomini chiqardi va bu albomning ijrochi produseri boʻldi.[3] Keyinchalik Circus (2008) va Femme Fatale (2011) albomlarini chiqardi, bunda ikkinchi albom AQSh chartlarida singllarning eng muvaffaqiyatli erasi boʻldi. U keyingi ikki albomi sanalmish Britney Jean (2013) va Glory (2016) ni targʻib qilish maqsadida Las Vegasda joylashgan Planet Hollywood Resort & Casinoda Britney: Piece of Me nomli toʻrt yillik konsert-rezidentligini boshladi.
Pop ikonasi sifatida qaraladigan Spears umumjahon boʻylab 100 milliondan oshiq audioyozuvlar, jumladan AQShning oʻzida 70 milliondan oshiq audioyozuvlar sotishga muvaffaq boʻlgan boʻlib, bu bilan u jahondagi eng koʻp audioyozuvlari sotilgan musiqa artistlaridan biriga aylangan.[4][5] Uni Billboard 2000-yillarning oʻninchi yilidagi sakkizinchi eng katta artist sifatida qayd etdi. AQShda u Nielsen SoundScan erasidagi[6] albomi eng koʻp sotilgan toʻrtinchi ayol artist sifatida, shuningdek, 2000-yillarning albomi eng koʻp sotilgan ayol artisti sifatida eʼtirof etildi.[7][8][9] 2004-yilda Spears Elizabeth Arden, Inc. shirkati bilan parfumeriya brendini chiqardi; savdo hajmi 2012-yilga kelib AQSh$1.5 milliarddan oshdi.[10] Forbes jurnali Spearsni 2002- va 2012-yillarda eng koʻp haq toʻlanadigan ayol musiqachisi sifatida eʼlon qildi.[11] Shuningdek, Spears 12 yil ichida eng koʻp qidirilgan taniqli shaxslar roʻyxatida yetti marotaba birinchi pogʻonani egalladi, bu Internet paydo boʻlganidan beri rekord koʻrsatkichdir.[12]
Diskografiyasi
tahrir- …Baby One More Time (1999)
- Oops!… I Did It Again (2000)
- Britney (2001)
- In the Zone (2003)
- Blackout (2007)
- Circus (2008)
- Femme Fatale (2011)
- Britney Jean (2013)
- Glory (2016)
Tanlangan filmografiyasi
tahrir- Longshot (2001)
- Crossroads (2002)
- Austin Powers in Goldmember (2002)
- Pauly Shore Is Dead (2003)
- Fahrenheit 9/11 (2004)
- Corporate Animals (2019)
Turnelar
tahrir- ...Baby One More Time Tour (1999)
- Crazy 2k Tour (2000)
- Oops!... I Did It Again Tour (2000—2001)
- Dream Within a Dream Tour (2001—2002)
- The Onyx Hotel Tour (2004)
- The M M's Tour (2007)
- The Circus Starring Britney Spears (2009)
- Femme Fatale Tour (2011)
- Britney: Live in Concert (2017)
- Piece of Me Tour (2018)
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Britney Spears' 'Blackout': A Salute to Her Misunderstood Punk Masterpiece“. Rolling Stone. Qaraldi: 9-iyun 2019-yil.
- ↑ „Ask Billboard: Britney Spears' Career Album & Song Sales, on the 20th Anniversary of '...Baby One More Time' LIST“. Billboard. Qaraldi: 27-fevral 2019-yil.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedrecords
- ↑ „Ask Billboard: Britney Spears's Career Sales“. Billboard. Qaraldi: 11-oktabr 2019-yil.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs named21sells
- ↑ „Nielsen SoundScan 2009 End Decade Report (Page 7)“. Nielsen Soundscan. 12-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2019-yil.(Wayback Machine saytida 12-aprel 2019-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ „BEYONCE, 'NSYNC, OUTKAST TOP DECADE-END SALES LIST“. MTV. 2019-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2019-yil.
- ↑ „Britney Spears 'X Factor' Deal: By The Numbers“. MTV (5-oktabr 2012-yil). 21-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyun 2014-yil.
- ↑ „Britney Spears Is The Highest-Paid Woman in Music For 2012; Full List“. International Business Times. Qaraldi: 4-yanvar 2013-yil.
- ↑ „Most-Searched Celebrities Of The Past 12 Years: Britney Spears Dominates List“. Huffington Post.
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti
- Britney Spears Curlie katalogida
- Britney Spears IMDbda