Belgiya, Belgiya Qirolligi (flamandcha: Koninkrijk België; fransuzcha: Royaume de Belgique) — G‘arbiy Yevropadagi davlat. Shimoliy dengiz sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 3 regionga, regionlar viloyat (provinsiya)larga, viloyatlar kommunalarga bo‘lingan. Maydoni 30 528 ming km². Aholisi 11 687 008 kishi (2023). Poytaxti — Bryussel shahri.

Belgiya Qirolligi
ShiorL'union fait la force, Eendracht maakt macht and Einigkeit gibt Stärke
(Ittifoq Kuch beradi)
Madhiya: The Brabançonne
(The Song of Brabant)
Location of Belgiya
Poytaxt Brussel
Rasmiy til(lar) Niderland tili, Fransuz tili, Nemis tili
Hukumat Konstitutsion Monarxiya
• Monarx
Qirol Philippe
Charles Michel
Mustaqillik (Niderlandlardan)
• Sana
4-oktabr 1830
Maydon
• Butun
30,528 km2 (140-oʻrin)
• Suv (%)
6.4
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
10,364,388 (76-oʻrin)
• Zichlik 339/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$330,600 mil. (29-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$31,898
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt mintaqasi UTC 1
• Yoz (DST)
UTC 2
Qisqartma BE
Telefon prefiksi 32
Internet domeni .be

Davlat tuzumi

tahrir
 
Bryusseldagi Belgiya Federal parlamenti

Belgiya — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi konstitutsiya 1831-yilda qabul qilingan va oʻsha paytdan beri bir necha bor (oxirgi marta 1993-yil) tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol, uning hokimiyati cheklangan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va parlament amalga oshiradi. Ikki palatali parlament 4 yil muddatga saylanadi. Vakillar palatasi 150 deputatdan va senat 72 aʼzodan iborat. Ijrochi hokimiyatni qirol va u tomonidan tayinlanadigan hamda parlamentga hisobot beradigan hukumat (vazirlar kengashi) amalga oshiradi, unga bosh vazir boshchilik qiladi.

Tabiati

tahrir
 
Belgiyaning relyef xaritasi

Bu. xududining koʻpchilik kismi payettekislikdan iborat boʻlib, shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon kutarila boradi. Eng baland nuqtasi — Botranj choʻqkisi (694 m). Sohil yaqinidagi qum uyumlari va dambalar serhosil ekinzorlarni dengnz suvidan himoya qiladi. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, qurilish materiallari, jumladan marmar, kam miqdorda temir va polimetall rudalar, surma. Iqlimi — moʻʼtadil, dengiz iqlimi. Yanvarda oʻrtacha temperatura 3°, 4°, iyulda 18°, 19°. Yillik yogʻin miqdori 700 — 1500 mm. Yirik daryolari: Maas. Shelda. Izer; ular bir-biri bilan kanallar orqali tutashtirilgan. Tuprogʻi shimolida asosai qoʻngʻir oʻrmon; janubda podzol va qoʻngʻir. Belgiya maydoniining 18,7% ga yaqini oʻrmon, koʻproq dub va buk daraxtlari bilan qoplangan. Ardenn togʻlarida milliy bogʻ bor. Yovvoyi hayvonlardan bugʻu. toʻngʻiz, oʻrmon mushugi, oʻrmon suvsari, tovushqon va boshqa yashaydi. Olmaxon, dala sichqoni kabi kemiruvchilar, qirgovul, kaklik, oʻrmon loyxoʻragi kabi ovlanadigan qushlar bor.

Aholisi milliy tarkibi jihatidan 2 asosiy guruhga: flamandlar (58%) va vallonlar (32.5%)ga boʻlinadi. Belgiyada 1 mln.ga yaqin ajnabiylar — italyanlar, ispanlar, fransuzlar, greklar, gollandlar, marokashliklar, turklar va boshqalarlar ham bor. Aholining 96,5% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — fransuz, niderland va nemis tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Yirik shaharlari: Bryussel, Antverpen, Lyej, Rent, Sharlerua.

Tarixi

tahrir
 
Bryussel, Belgiyaning poytaxti va eng yirik shahri

Qadim zamonlarda B.da belglarning kelt qabilasi yashagan (mamlakat nomi shundap kelib chiqqan). Miloddan avvalgi 57 yilda Yuliy Sezar mamlakatni bosib olib, Rim imperiyasi tarkibiga qoʻshgan. 3-asrda B.ga germanlarning frank va friz qabilalari bostirib keldilar. Franklar belglarning bir qismini qirib tashlab, boshqa bir qismi bilan birikib kstganlar. 5 — 9-asrlarda B. Frank davlati tarkibida boʻlgan. 843 i. Frank davlati parchalanib ketgach, Verden shartnomasiga kura, Belgiya 2 qismga boʻlindi: gʻarbiy qismi Franiiyaga, sharqiy qismi Lotaringiyaga qoʻshib yuborildi. 13 — 14-asrlarda B. Angliya bilan Fransiya oʻrtasidagi shiddatli kurash maydoni boʻldi. 14-asr oxiri va 15-asrda Belgiya Burgundiya gersoglarining mulkiga aylandi, 1477-yildan Gabsburglar hukmronligida, 1555-yildan Ispaniya tarkibida boʻldi. 1713-yil Utrext sulhiga binoan yana Gabsburglar imperiyasi tarkibiga kirdi. 1789 — 90 yillar burjua inqilobi natijasida avstriyaliklar hukmronligi tugatildi, 1790-yil 11-yanvarda Belgiya Qoʻshma Shtatlari davlati eʼlon qilindi, biroq 1791-yilda Avstriya yana mamlakatni qoʻlga oldi. 1795-yilda Fransiyaga qoʻshib olindi. Napoleon I imperiyasi tugagach, 1815 i. B. hududi Niderlandiya tarkibiga qoʻshildi. 1830-yil inqilobi tufayli B. mustaqillikka erishdi. 20-asr boshlarida 6. yuksak darajada rivojlangan sanoat mamlakatiga aylandi. Birinchi jahon urushi davrida B.ning betarafligiga qaramay, Olmoniya qoʻshinlari uni bosib oldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida esa gitlerchilar bosqini azobini tortdi (1940 — 44). 1944 i. sentabrda B. bosqinchilardan xalos boʻldi. B.— 1945-yildan BMT, 1949-yildan NATO aʼzosi (1967-yildan B.da NATO qarorgohi joylashgan). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil martda oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 21-iyul — Qirol Leopold Ining Konstitutsiyam sodiqligi haqida qasamyod qilgan kupi (1831) va 15-noyabr — Qirol sulolasi kupi (1866).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

tahrir
 
Belgiya qiroli Filipp. 2013-yildan taxtda.

Xristian xalq partiyasi, 1969-yilda tuzilgan; Soiialistik partiya, 1978-yilda tashkil etilgan; „Agalev“ — flamand ekologlari partiyasi, 1982-yilda tuzilgan; Frankofonlar demokratik partiyasi, 1964-yilda tashkil etilgan. Xristian kasaba uyushmalar konfederatsiyasi, 1912-yilda tuzilgan; Belgiya umummehnat federatsiyasi, 1945-yilda tuzilgan.

Xoʻjaligi

tahrir

B. dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar guruhiga kiradi. Sanoatida mahsulotning texnikaviy darajasi yuksakligi jahon bozorida uning raqobatbardoshligini taʼminlaydi. Sanoatda yangi texnologiyalarni joriy etishga, eksportni ragʻbatlantirishga, kichik va oʻrta korxonalarni qoʻllab-quvvatlashga, xorijiy sarmoyani jalb etishga alohida eʼtibor beriladi. Metallsozlik, mashinasozlik, ayniqsa avtomobilsozlik (yiliga 1 mln.dan ortiq avtomobil ishlab chiqariladi), kimyo, elektrotexnika, elektron, binokorlik materiallari, toʻqimachilik, oziq-ovqat, yogochsozlik, zargarlik (olmos qirralash) eng rivojlangan sanoat tarmoqlaridir.

Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining atigi 3% shugullanadi (har bir dehqon 80 kishini boqadi). Oʻrta va mayda fermer xoʻjaliklari (90 mingta) qishloq xoʻjaligining asosini tashkil etadi, bir xoʻjalikning oʻrtacha yer maydoni — 15 ga. Yetakchi tarmoq — chorvachilik, u butun qishloq xoʻjaligi mahsulotining 70% ini beradi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari — bugʻdoy, arpa, sabzavot. Koʻpchilik mahsulot turlari boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi ichki ehtiyojni 1,5 — 2 barobar ortigʻi bilan taʼminlaydi. Yetishtirilgan sabzavotning 80% i chetga chiqariladi; romen salati dunyoning 40 mamlakatiga sotiladi. Chetga chiqariladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ichida gʻalla va meva asosiy oʻrinni oladi. Kartoshka, qand lavlagi va boshqa ham yetishtiriladi.

Transporti

tahrir
 
Antverpen porti

B. muhim savdo va aloqa yullari chorrahasida joylashgan. U temir yoʻl (3479 km) va avtomobil yoʻllari (14421 km) tarmogining zichligi jihatidan dunyoda birinchi oʻrinda turadi. 1,7 ming lokomotiv, 1,8 ming yoʻlovchi tashiydigan va 27,3 ming yuk vagoni. 3,87 mln. yengil va 343 ming yuk avtomobili bor. B. hududidan 1500 km uzunlikdagi ikki daryo — Maas va Lis oqib oʻtadi, ularning yarmisida kemalar qatnaydi. Dengiz savdo flotida 69 kema bor. Asosiy portlari: Antverpen (dunyoda toʻrtinchi, Yevropada ikkinchi oʻrinda turadi, yillik aylanmasi 95 mln. tonna), BryuggeZebryugge, Gent, Ostende. Ichki suv yoʻllarining uz.~ 1515 km. „Sabena“ milliy aviakompaniyasi 70 dan koʻproq xalqaro aviayoʻnalishga xizmat qiladi. Bryussel yaqinidagi „Zaventem“ aeroporti toʻrt qigadagi deyarli barcha mamlakatlar poytaxtlari bilan bogʻlangan.

Chetga avtomobil, toʻqimachilik, oziq-ovqat, kimyo, metallurgiya sanoati mahsulotlari, dori-darmon, qora va rangli metallar, qimmatbaho toshlar, asosan brilliant chiqariladi. Chetdan asosan mineral mahsulotlar, neft, ruda, paxta tolasi, jun keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari — Olmoniya, Fransiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya. Pul birligi — B. franki.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

tahrir
 
KU Leuven universitetining markaziy kutubxonasi

1988-yildan maorif sohasi B. federatsiyasi subʼyektlari boʻlmish Jamoalar ixtiyoriga oʻtkazildi. 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim majburiy va bepul. Davlat va munitsipal maktablaridan tashqari koʻpgina katolik va xususiy dunyoviy maktablar ham ishlab turibdi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish pulli. B.da 8 universitet bor. Eng yirik untlar: Antverpen, Bryussel, Lyej, Gent untlari. Shuningdsk, bir necha universitet markazlari, institutlar, oliy texnika maktabi ishlaydi. Ilmiy muassasalari: Metallurgiya tadqiqotlari milliy markazi, Yadro tadqiqotlari markazi, Qirollik observatoriyasi, 7 akademiya, jumladan Belgiya qirolligi fan, adabiyot va sanat akadsmiyasi. Bryusselda Milliy kutubxona. Bryussel, Gent, Lyej va Lyoven untlarining kutubxonalari, Antverpen va Bryusselda qirollik nafis sanʼat muzeylari mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi

tahrir

B.da fransuz, niderland, nemis tillarida 2.3 mln. nusxada 50 ga yaqin kundalik gaz. va 6 ixtisoslashgan moliyaiqtisodiy nashrlar chikariladi. Yirik gaz.lari: „Belang van Limburg“ („Limburg manfaatlari“, 1897-yildan), „Gazet van Antverpen“ („Antverpen gazetasi“, 1891-yildan), „Gazett de Bryussel“ („Bryussel gazetasi“, 1984-yildan), „Liberte“ („Ozodlik“, 1991-yildan); jurnallar: „Bon suare“ („Xayrli oqshom“, 1922-yil). B. telegraf agentligi 1920-yil tashkil etilgan. Radioeshittirish va tslekoʻrsatuv fransuz va niderland tillarida ishlaydi. 2 markaziy radio va telestudiyadan tashqari 10 viloyat studiyasi bor. Qoʻshni mamlakatlarning dasturlari kabel radio va televideniyesi orqali tarqatiladi.

Adabiyoti

tahrir

B. adabiyoti asosan 2 tilda: fransuz va flamand tillarida rivojlanib kelmoqda. Fransuz tilidagi adabiyot. Dastlabki yozma yodgorliklar 12-asrda paydo boʻlgan. 14 — 15-asrlarda tarixiy yilnomalar, salib yurishlariga bagʻishlangan rivoyat va qoʻshiqlar, qahramonlik dostonlari, roman va novellalar yaratildi. Uygonish davrida gumanist J. Lemer de Belj, pamfletlar muallifi F. de Markine de SentAldegond va boshqalarlar ijodi maʼlum (15 — 16-asrlar.). 17 — 18-asrlarda fransuz muhojiri E. Bryoshe de la Krua ijod etdi. B. A. de Valef fransuz klassitsizmi taʼsirida asarlar yaratdi. 18-asrning oʻrtalarida K. F. de Neli, O. B. Renye kabi adiblar adabiyotga maʼrifatparvarlik gʻoyalarini olib kirdilar.

19-asr boshlarida B.da F. Lebrussarning „Belgiyaliklar“ (1810) poemasi, A. van Gasseltning kator sheʼr va dramachari, A. Sirening „Drok“ (1838), „Isoning soʻnggi kuni“ (1838) kabi toʻplamlari keng tarqaldi. Realistik tendensiyalar 19-asr oʻrtalaridan rivojlana boshladi. Sh. de Koster, E. Verharn, J. Rodenbax realizmning tanikli namoyandalaridir. Shu davr dekadentlik oqimi bilan bogʻliq boʻlgan M. Metsrlink ijodi tush kupli k ruhi bilan sugorilgan. F. Ellens, K. Byurino, A. Eygespars, D. Shaynert kabi adiblar ilgʻor goyalarni targʻib qildilar. Gitlerchilar bosib olgan davrda shoirlardan R. Blik (konslagerda halok boʻlgan), J. Varen, Sh. Muas, D. Shaynert, I. Gassel fashizmga qarshi, vatanparvarlik ruhida sheʼrlar yozdilar. 50 — 60-yillardagi bir kator asarlarda Ikkinchi jahon urushi voqealari tasvirlandi (D. Jilles, D. Shaynert romanlari va boshqa asarlar).

Flamand tilidagi adabiyot. Folklor, afsonalar, tarixiy rivoyatlardagina saqlanib qolgan flamand adabiyoti (18-asr boshlarigacha flamand adabiyoti niderland adabiyotining bir qismi edi) 19-asrnipg 40-yillarida shoir Ya. F. Villems boshchiligidagi millim demokratik harakat matnjasida qaytadai tiklandi. Bu davrda ijtimoiy mavzuda romam yaratish gʻarakati avj oldi (F. van Kerkxoven. R. Siiders, A. Bergman kabilar). K. Beysse („Zoʻravonning qonuni“. 1893; „Pamel oilasi“, 1903). S. Stryovels („Aastodagi hayot va ulnm“. 1926; „Yaitye Verduur“, 1944) flamand dehqonlari hayotini haqqopiy aks ettirdilar. 19-asr oxnri — 20-asr boshlarida dekadentlik oqimi paydo buldi. Uning namoyandalari: X. Teyrlink, F. Timmermans, K. van de Vusteyne, V. Muns kabilar. Ikkinchi jahon urushidan soʻng bir guruh yozuvchilar tinchlik va demokratiya uchun kurashdilar. P. van Aken „Oʻliklargina qutulib qola oladilar“ (1947) asarida fashizmning kirdikorlarini fosh etdi. G. Valsxap „Kongodagi qoʻzgʻolop“ (1953) romanida mustamlakachilik siyosatini, M. Geysen „Doʻstim qotil“ (1958) novellasi va boshqa asarlarida amerikacha hayotni tasvirladilar. Shoir B. Brat, adiblardan L. P. Bon, M Deyze ijodi tinchlik va ijtimoiy haqiqat uchun kurash gʻoyalari bilan sugʻorilgan.

Meʼmorchiligi

tahrir
 
Bryusseldagi katta masjid

B. hududida oʻrta asrlar meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. 11 — 12-asrlarda roman (Lyej va Turndagi cherkovlar, Flandriya graflarining Gentdagi qoʻrgʻonlari), 13 — 14-asrlarda gotika uslubi (Gent, Bryussel va Aitverpendagi soborlar) rivojlandi. 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida dunyoviy ruxdagi meʼmorlik qaror topdi (Bryussel, Kortreyk, Gent, Lyoven ratushalari). Uygʻonish davrsha B. meʼmorlik sanʼati markazlaridan biriga aylandi. 18-asr barokko anʼanalari qisman sakdansa ham (V. O. Yansens, P. Y. Verxagen) unga Fransiya va Avstriya orqali klassitsizm prinsiplari taʼsir etdi (meʼmorlar: Ya. P. Baursxeydt, L. B. Devez; haykaltaroshlar L. Delvo, J. L. Godsharl, rassom A. Lsns va boshqalar). 19-asrda B.ning millim meʼmorligi shakllandi. 19-asr oxirida B. meʼmorlikdagi „modern“ uslubining vatani boʻlib qoldi. 20-asr boshlaridagi meʼmorlar hashamdorlikdan voz kechnb, qulay va oqilona yechimlarni izladilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin sanoat va jamoat binolari, maʼmuriy imoratlar, yangi uy-joylar zamoiaviy talablarga moslab qurildi (X. van Kyoyk, R. Bram, L. Steynsn va boshqa meʼmorlar).

Tasviriy sanʼati

tahrir
 
Gent qurbongohi: The Adoration of the Mystic Lamb (ichki koʻrinish). Van Eyk tomonidan 1432-yilda chizilgan

B.da 11 — 12-asrlarda amaliy bezak sanʼati (bronza quymalar, zargarlik), 13 — 14-asrlarda devoriy rassomlik, dastgoh sanʼati, haykaltaroshlik va miniatyura rivojlandi. 16-asrda dastgoh rassomligi keng yoyildi (Ya. van Eyk, P. Breygel). 17 a.da B.da mustaqil rassomlik maktabi vujudga keldi va 18-asrgacha u flamand maktabi deb ataldi. Uning eng atokli namoyandalari: P. P. Rubens, A. van Deyk, Ya. Yordane, F. Sneyders, D. Tenirs va boshqa 19-asrdaportretchiF. J. Navez, manzarachi T. Furmua, grafik va rangtasvirchi F. Rops, J. Yenzor, haykaltarosh K. Menye va boshqa 20-asrda B.da A. Savereys, R. Magrit, K. Psrmeke, F. Mazerel, P. Polyus kabi rassomlar ijod qildilar. Amaliy bezak sanʼati: yogʻoch oʻymakorligi va miskarlik, kashtachilik va shahrik. rivojlangan.

Musiqasi

tahrir

Fransuz, flamand, niderland xalklarining millim musiqa anʼanalari zaminida shakllangan. Niderland maktabining 15 — 16-asrlardagi belgiyalik yirik namoyandalari Ya. 06rext, A. Villart, Josken Depre, Orlando Lasso koʻp ovozli diniy va dunyoviy asarlarning eig yaxshi namunalarini yaratib, Yevropa kompozitorlari ijodiga taʼsir koʻrsatishgan. 17-asrga kslib B. musiqasi oʻz peshqadamligini yoʻqotdi. 1700-yilda Bryusselda asos solingan „De la Monne“ teatrida 18-asr boshlpridan J. B. Lyulli, A. Dstush singari fransuz kompozitorlarining opera va baletlari, 18-asr oxiridan B. kompozitorlarining operalari qoʻyildi. 1830-yilda mustaqil B. davlati barpo boʻlgach, B. musiqasining milliy xususiyati koʻrindi. Flamand shoxobchasinmng Antverpen maktabi tashkil topdi. Uni opera, kantata va simfoniya muallifi P. Benua boshqardi. 19-asrda Sh. Berio, A. Vyotan, E. Izai kabi skripkachikompozitorlar maydonga chikdilar. B.da kompozitorlardan J. Absil, R. Defosse, F. Kins, dirijyorlardan F. Andre, D. Defo, skripkachilardan A. Gryumo, K. van Nestelar mashhur. Bryussel, Antverpen, Gentda opera teatrlari, Bryussel, Lyej, Gent, Antverpen, Mopeda konservatoriyalar, Bryusselda konsert jamiyatlari, simfonik orkestrlar, Monsda musiqashunoslik instituti bor.

Teatri

tahrir

B. hududida teatr madaniyati oʻrta asrlarda vujudga kelgan. 13 — 15-asrlarda liturgiya, moralite va misteriya (diniy mazmundagi va nasihatgoʻylik) dramalari sahnaga qoʻyilardi. 1650 i. Bryusselda yogoch teatr qurildi, u>gda xorijiy truppalar tomosha koʻrsatishardi. „De la Monne“ teatri operalardan tashqari dramalarni ham sahnalashtirdi. 1782-yilda qurilgan va keyinchalik „Dyu Park“ deb atalgan teatr sirk tomoshalarini va 1870-yildan dramatik spektakllarni namoyish qildi. 19-asrning 30-yillaridan B. dramaturgiyasi rivojlana boshladi. Gent, Antverpen va boshqa shaharlarda teatrlar ochildi. 1880 — 1900-yillarda B. teatrlariga Sh. Van Lerberg, M. Meterlink, J. Rodenbax, M. Dyuterm kabi dramaturglar katta taʼsir koʻrsatdilar. 20-asrning birinchi yarmida B. teatrlarida G. van Zip, Sh. Spaak, F. Krommellink, X. Teyrlink, G. Martene kabi dramaturglarling asarlari qoʻyildi. B.da „Dyu Park“, „De Galeri“, „Le Rido“, „De la Burs“, „Qirollik milliy teatri“, „Niderlandiya kamer teatri“ kabi teatrlar ishlaydi. Qirollik konservatoriyasi huzurida dramatik sanʼat maktabi bor.

Kinosi

tahrir

1908-yilda Harrevelda birinchi kinostudiya tashkil qilimdi. 1919-yil „Belgiya kinokompaniyasi“. 1922 i. „Belgiya film“ kinostudiyasi vujudga keldi. 20-yillarda chet el rejissorlari boshchiligida 20 ga yaqin film ishlab chiqarildi. B. kinosining „Baliqchi qushlar gavanda jon beradilar“ (postanovkachi rejissorlar R. Ksypers, I. Mixils, R. Verxavert, 1955), „Poyezd soat sayin joʻnaydi“ (rejissor A. Kavan, 1962). „Vidolashuv“ (rejissor R. Verxavert, 1966), „Izhori dil“ (1968, rejissor E. Dejelen), „Bredagi uchrashuv“ (1971, rejissor A. Dslvo) kabi filmlari diqqatga sazovor. B.ning hujjatli va ilmiyommabop filmlari badiiy puxtaligi bilan ajralib turadi.

Oʻzbekiston — Belgiya munosabatlari

tahrir

1993 i. Belgiya poytaxti Bryussel shaharda Oʻzbekiston elchixonasi ochilgach, ikkala mamlakat urtasidagi rasmiy munosabatlar amaliy asosga oʻtkazildi. 1996-yil iyunda Belgiya delegatsiyasi Oʻzbekistonda boʻldi.

Viloyatlar

tahrir
 

Manbalar

tahrir