Barnaul (ruscha: Барнау́л) — Rossiyadagi shahar (1730-yil tashkil topgan va shahar mavqein 1771-yildan boshlab olgan), 1937-yildan buyon Oltoy oʻlkasining (ruscha: Алтайский край) maʼmuriy markazi. Shahar Gʻarbiy Sibir janubidagi Barnaulka daryosining Obga quyilish joyida joylashgan. Shahar maydoni — 939,5 km2[3], shahar aholisi — 649 574[2] kishi (2012), shuningdek shahar aholisining soni boʻyicha Rossiyada 20-oʻrinni egallab turibdi. Shahar okruglarining chegarasi yaqinidagi qishloqlar bilan qoʻshib hisoblaganda Barnaul aholisi 691 149 kishini tashkil qiladi[2]. Sibirning yirik sanoat, madaniy va maorif markazi: 9 davlat OOʻYu, 5 teatr, muzeylar va ХVIII-XX asrlarga oid meʼmorlikning qadimiy yodgorliklari mavjud.

Barnaul
Барнаул
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
53°20′0″N 83°46′0″E / 53.33333°N 83.76667°E / 53.33333; 83.76667
Mamlakat Rossiya
{{{mintaqa_turi}}} Oltoy oʻlkasi
Hukumat
 • Shaharni boshqarish

Shahar boshligʻi

Zubovich Lyudmila Nikolaevna

Maʼmuriyatlar boshligʻi

Savinsev Igor Grigorevich
Asos solingan 1730
Ilk eslatilishi 1730
Maydon 9,395[1] km2 (3,627 kv mi)
Markazi balandligi 180 m
Iqlim turi Keskin kontinental
Rasmiy til(lar)i Rus tili|ruscha
Aholisi
 (2013)
649 574[2]
Zichligi 1 931 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC 7
Telefon kodi 3852
Pochta indeks(lar)i 656xxx
Avtomobil kodi 22
[[]] 01401
Barnaul Барнаул xaritada
Barnaul Барнаул
Barnaul
Барнаул
Barnaul Барнаул xaritada
Barnaul Барнаул
Barnaul
Барнаул

Tarixi

tahrir
 
Shaharga kirishdagi koʻrinishi

Shaharning tashkil topishi

tahrir

Arxeologik tadqiqotlar hozirgi Barnauldagi ilk manzilgohlar tosh asrida paydo boʻlganini koʻrsatadi. Shahar hududida shu kunga qadar 63 ta arxeologik yodgorliklar saqlangan. Ular asosan qadimgi zamondan oʻrta asrgacha saqlangan shaharchalar, qoʻrgʻonlar va manzilgohlar. Bu manzilgohlarning koʻpchiligi Ob daryosining soʻng yoqasida, Barnaulning togʻli hududlarida, Moxnatushka, Kazyonnaya Zaimka, Gonba va Nauchniy Gorodok kabi joylarida joylashgan qishloqlarida uchraydi[4]. Oltin Oʻrda davrida, ruslarning Sibirga koʻchib kelishaga qadar, bu yerda Abaksha degan qamal-qal’a boʻlgan. Shu qal’adan teleuitlar qoʻshni xalqlarga hujumlar uyushtirdi.

Barnaulning shahar boʻlib tashkil topgan rasmiy yaqti 1730-yil deb hisoblanadi. Buni konchi Akinfiy Demidovning Oltoy oʻlkasida zavod qurish maqsadida 200 ishchilarni olib kelishi bilan bogʻlaydi. Biroq, shaharning hujjatiy tan olingan yili 1739-yil boʻlib hisoblanadi. Sababi, shu yili Demidov Barnaulda kumush eritish zavodining qurilishini boshlagan edi[5]. Shu sayohat shaharning rivojlanishiga katta hissasini qoʻshdi. Shuning tasiridan Baranaulga Markaziy Rossiya va Uraldan koʻchib keluvchilar koʻpaya boshladi.

Etimologiya

tahrir
 
Barnaul shahri. ХХ asr

Shahar nomining chiqish tarixiga bogʻliq turli gipotezalar koʻp. Taniqli yozuvchi va oʻlkashunos olim Mark Yudalevich oʻzining maqolalarida nomning chiqishiga bogʻliq turli olimlarning tadqiqotlarini jamlagan[6]. Tadqiqotchilar umumiy fikri, gipotezasi «Barnaul» nomining turkiy yoki mongol tilidan chiqish ildizlari bor, lekin nomning tarjimasi bir nechta variantlarga ega.

  • Koʻp vaqtlar davomida «Barnaul» soʻzining asl maʼnosi qozoq tilidan tarjima qilingan degan variant tarqatildi. «Yaxshi manzil»[7] yoki «Barna avuli» va «Barn» soʻzi Sibir xonligi koʻchmanchilarining nomining biri deb hisoblanadi. Lekin, tarixchilarning fikriga koʻra, bu soʻz — xalq etimologiyasi. Sababi, qozoqlarda «Barn» nomi yoʻq va ular Yuqori Ob yerlariga koʻchmagan. «Yaxshi manzil» degan soʻzning esa «jaylau» degan maxsus nomi bor[8].
  • Barnaul nomining etimologiyasini olimlar «Barnaulka» daryosining nomi bilan bogʻlaydi. Bu daryo XVIII asrning yozmalarida «Boronoul» yoki «Boronour» deb yozilgan. Ayrim hujjatlarda daryo «Barnaul» deb nomlangan ekan. 1745-yildan buyon Sheleginning xaritasida [9] shu daryo «Barnaul daryosi» deb nomlangan[10]. Tomsk professori Andrey Dulzon shaharning nomlanishi ikki hil koʻhna turkiy soʻzdan iborat deb taxmin qiladi. Bu toponimning ilk formasi «Boronoul». Soʻzdagi «boro» oʻzagi koʻplab moʻgʻul va turkiy tillaridagi «qashqir» degan maʼnoni, «ul» formasi esa turkiy tillarda «daryo» degan maʼnoni anglatadi. Shuningdek, «Barnaul»   nomi «qashqir daryosi» yoki «qashqir koʻli» degan maʼnoni ham anglatishi mumkin[8]. «Barnaul» soʻzining etimologiyasi haqida aytilgan soʻnggi fikrning joni bor. Sababi, qadimda Barnaulka daryosining yoqasida qashqirlar koʻp boʻlgan va daryoning quyilish joyida koʻllar joylashgan. Shuningdek, qashqir (boʻri) Oltoy aholisi uchun maqaddas hayvonlarning biri boʻlib hisoblanadi. Oradan ancha vaqt oʻtgach, soʻz belgili formatsiya uchrab, «ruslashib», rus govorlariga moslashib, shahar nomiga aylanib ketdi[11].
  • Barnaullik tarixchi va arxeolog A. Umanskiy daryo nomi haqidagi variantni rivojlantirib, «Boronoul» toponimining teleutik tarixi bor degan fikrni bildiradi. Olimning fikri boʻyicha, «Boronaul»/«Boronoul» soʻzlari tillik metamorfozgʻa uchrab, natijasida nomi «porongiul» / «po-rongi» — «loyqa suv», «ul» — «daryo» degan teleut soʻzidan kelib chiqqan. Shuningdek, Barnaulka daryosining etimologiyasi «loyqa suv» degan maʻnoni anglatadi. Barnaulka daryosi turli organik munerallarga, shuningdek, qumga boy[12].

Geraldika

tahrir

Barnaulning ilk gerbi 1846-yil tasdiqlangan. Gerb qalqoni fransuzcha geraldik formaning (toji va lentasi yoʻq) holatini koʻrsatadi. Qalqon koʻldalang ikki qismga boʻlingan. Yuqori qismi qalqonning uchdan bir qismini egallaydi. Unda Tomsk guberniyasining  asosiy elementi (namestnik gerb) — yashil fondagi chopib borayotgan oq otning koʻrinishi tasvirlangan. Ot — guberniya xoʻjaligida, togʻli sanoatda transport xizmatlarini bajaradigan asosiy simvol va chorvachilik uchun eng qulay hayvon. Gerbning pastki qismida havo rang muhitda tutab turgan qizil rangli kumush domna pechkasi  joylashgan. U oʻz navbatida mamlakatdagi kumush eritish sanoatining simvoli sifatida koʻrsatilgan. Hozirgi paytdagi gerb 1995-yil 16-noyabrda tasdiqlandi. Uning asl nusxasi (rang-barang va qora-oq tasvirlar) Barnaul shahrining hokimyatida saqlanmoqda va unga qiziqqan kishilar bemalol erishsa boʻladi.

Barnaul bayrogʻidagi havo rang shaharning joylashgan yeri — Ob daryosining simvoli. Bayroqning markazida shaharning gerbi joylashgan[13].

Revolyutsiyagacha davr

tahrir

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Генеральный план городского округа - города Барнаула Алтайского края, 2013-08-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-07-20
  2. 2,0 2,1 2,2 „Оценка численности постоянного населения на 1 января 2013 года“. Территориальный орган Федеральной службы государственной статистики по Алтайскому краю. 2013-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-aprel. (WebCite saytida 2013-04-17 sanasida arxivlangan)
  3. Общая площадь земель муниципального образования город Барнаул, 2014-03-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-07-23
  4. . Barnaul. Ilmiy-ma'lumot beruvchi atlas / V. Revyakinaning redaksiyasi balan  С. — Barnaul: PO Injgeodeziya.
  5. 1883-yil Rus geografik jamoati va uning Gʻarbiy Sibir boʻlimining topshirigʻi boʻyicha Oltoy va Sayan togʻlariga qilingan sayohat — Rus geografik jamoati va uning Gʻarbiy Sibir boʻlimi.
  6. {{{sarlavha}}} : gazeta.
  7. Tujilin N. http://www.bibliotekar.ru/encMir/67.htm — Qrim. — Simferopol.
  8. 8,0 8,1 [Что в имени твоём? {{{sarlavha}}}] : jurnal.
  9. Pallas P. S. Rossiyaning hududlariga sayohat 1773—1778. 5 tomlik. Kitob 2. — SPB.
  10. „Oltoy tarixining xronologiyasi — 1734-yil“ (deadlink). Oltoy davlat universiteti. 2009-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 21-sentyabr.
  11. „Shahar tarixi“. «Barnaul-info» sayti. 2011-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 21-sentyabr. (WebCite saytida 2011-08-19 sanasida arxivlangan)
  12. Юрий Гончаров, Александр Старцев. „Hududning poytaxti Bobrovka deb nomlanishi mumkin, aholisi esa — bobrovliklar deb nomlanishdan yiroq emas.“ (deadlink). ПолитСибРу (28-iyul, 2006). 2007-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 21-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2007-11-16 sanasida arxivlangan)
  13. „Barnaul shahri“. Sayt heraldicum.ru. 2011-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-fevral.