Augsburg – Bavariya yeridagi shahar. Germaniya janubida, Alp togʻlari etaklarida joylashgan. Aholisi 245 ming kishi atrofida. Transport yoʻllari tuguni. Qadimgi toʻqimachilik markazi. Ma-shinasozlik, metallni qayta ishlash, kimyo, elektrotexnika va radioelektro-nika sanoati rivojlangan. Maksimilian muzeyi, koʻplab me’moriy yodgorli-klar (11 – 18-asrlar) bor. Shahar miloddan avvalgi 15-asrda rimliklar harbiy lageri oʻrnida vujudga kelgan. 10–11-asrlarda yirik savdo-hunarmandchilik markazi boʻlgan. 15–16-asrlarda esa A. Yev-ropaning yirik savdo va moliyaviy markaziga aylandi. 1806-yildan Bavariya tarkibida.[1]

Augsburg
Shahar
Skyline of Augsburg
Augsburg
Gerb
48°22′18″N 10°53′54″E / 48.37167°N 10.89833°E / 48.37167; 10.89833
Mamlakat Germaniya
Yer Bavariya
Hukumat
 • Oberburgomistr Kurt Gribl
Asos solingan mil. avv. 15
Maydon 14,693 km2 (5,673 kv mi)
Markazi balandligi 494 m
Aholisi
 (2010)
264 708
Vaqt mintaqasi UTC 1, yozda UTC 2
Telefon kodi 0821
Pochta indeks(lar)i 86001-86199
Avtomobil kodi A
Rasmiy kodi 09 7 61 000
Augsburg xaritada
Augsburg
Augsburg

Augsburg Germaniyaning Bavariya yerida joylashgan shahardir. Ushbu shahar Maydoni — 146,93 km2. Aholisi — 264708 kishi (2010). Neuss va Trier shaharlaridan keyin Augsburg Germaniyaning eng qadimgi shaharlaridan biridir.

Geografiyasi

tahrir

Hududi

tahrir

Augsburgning hududi 146,87[2][3] km2dir. Dengiz sathidan oʻrtacha 489, 498 va 482 m balandlikda joylashgan.

Demografiyasi

tahrir
Yil Soni
1808 28 902
1925 165 522
1950 185 177
1968 210 500
1970 254 223
1975 249 943
Yil Soni
1985 244 000
1987 242 819
1994 264 800
1997 262 000
2008 263 313
2009 263 646
Yil Soni
2010 264 708
2011 269 402
2012 272 699
2013 276 542
2014 283 544
2015 288 631
Yil Soni
2016 289 584
2017 292 851
2019 300 000
2021 295 830
2022 301 033
2023 303 150

Fotogalereya

tahrir


Manbalar

tahrir