Havo shari
Havo shari – erkin aerostatning eskicha nomi. Dastlabki aerostatlar shar shaklida boʻlgani uchun shunday atalgan (qarang Aerostat). Uning ogʻirligi 500 kg gacha boʻladi. Uning tepaga koʻtarilish tezligi 15 km/soat dan 20 km/soat gacha boʻladi.
Paydo boʻlishi
tahrir1783-yilda fransuz fizigi Jozef Mongolfye uylardagi pechkalarning quvuridan chiqayotgan tutunlar yuqoriga qarab harakatlanayotganiga eʼtibor qaratadi. Soʻng akasi Etenn bilan birgalikda har xil mato va qogʻozlardan katta qop yasab ichiga issiq tutun toʻldiradi. Qopga savat bogʻlab unga qoʻy, oʻrdak va xoʻrozni mindiradi. Va hayvonlar uchib ketadi. Ularning parvozi sakkiz minut davom etadi. Keyinrog havoga inson parvoz qildi. Issiq havo bilan toʻldirilgan havo sharlarini mongolfyerlar deb atay boshlashdi. Havo sovigandan soʻng parvoz yakuniga yetardi. Hozir mongolfyerlar savatiga gorelka va yonuvchi gaz baloni oʻrnatilgan. Hatto bolalarning uchuvchi shariga oʻxshagan yengil gaz bilan toʻldirilgan sharlar ham paydo boʻldi. 2002-yilda amerikalik Stiv Fosset havo sharida yer yuzini aylanib chiqdi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ „Olam va odam“ ensiklopedik kitobi