Ammofillar
Qiyofa
Ammofillar, qum arilari (Am-mophilia) — kavlovchi arilar oilasiga mansub arilar urugʻi. Qorin boʻlimi uzun qizgʻish poyachadan iborat. Tuproqqa bitta katakchali uya quradi. Turli kapalaklar qurtlarini falajlab uyasiga olib ke-lib, unga tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan qurti falajlangan kapalak qurti bilan oziqlanadi. 250 turi keng tarkalgan. Oʻzbekistonda 15 ga yaqin turi maʼlum.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |