dori
Ot
dori
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
do-ri
Aytilishi
Etimologiyasi
DORI Bu tojikcha ot asli doru tovush tarkibiga ega boʻlib (ТжРС,
136), oʻzbek tiliga oxiridagi u tovushini i tovushiga admashtirib olingan; har ikki tilda bu ot 'kasalni davolash uchun ishlatiladigan modda' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 234). Bu ot bilan oʻzbek tilida dori-darmon juft oti, dorila- feʼli hosil qilingan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
1 \f. jjb — dori-darmon; davo, malham
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
Kasalni davolash yoki kasallikning oldini olish uchun ishlatiladigan, tabiiy yoki kimyoviy yoʻl bilan olingan modda. ◆ Bezgak dori. Matsam dori. Dori hidi. Dori qoʻymoq (surtmoq). Dori tayyorlamoq. Dard chekmagan dori qadrini bilmas. Maqol . ■■ ◆ Sintetik dorilarga nisbatan oʻsimliklardan olingan dopwiap afzal tutiladi. Gazetadan .
2 Narkotik modda (qoradori, nasha va b.). ◆ Ortimizdan koʻchaga kuzatib chiqqach, Ahmad Zokirni chetga tortib, past ovozda: -Qishloqda “dori "dan topiladimi? — deb soʻradi. "Yoshlik" . ◆ Anavi qora doringdan mosh-day berib ket-da, bir haz etay. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ .
3 Umuman shifobaxsh narsa, vosita. ◆ Tushning oshi tishga dori. Maqol . ◆ shsh Kigiz kuydirib bosmasa, qoni toʻxtamaydi! Kigiz har narsaga ham dori, tish zaharini soʻradi. A. Qodiriy, „Obid ketmon“ . ◆ Asal koʻzning xiralashishiga dori. "Fan va turmush" .
4 koʻchma Ruhiy dardga darmon boʻladigan, gʻam-gʻussani tarqatadigan narsa, davo. ◆ Siz-ning gapingiz mening koʻnglimga dori boʻldi. shsh Toshkent yoʻli Chirchiqdan nari deydi, Qizning soʻzi yigitga dori deydi. "Oq olma, „qizil olma"“ .
5 s. t. Tekinxoʻr (parazit) yoki zarar-kunanda, kasal tarqatuvchi hasharotlarga, kemiruvchilarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy modda. ◆ Burga dori. Kuya dori. Sichqon dori. n ◆ Samolyot dala qirgʻogʻiga soʻnggi marta dori sepib oʻtdi. H. Nazir, „Soʻnmas chaqmoqlar“ . ◆ Bu yil dori oʻrniga dalalarga hasharot kushandasini qoʻyib yuborishdi. S. Nurov, „Maysalarni ayoz urmaydi“ .
6 Zahar. ◆ [Mastura Guljonga:] Kundosh-larning ham xabari bor. Hammasi bamaslahat dori bergan-da! Hamza, „Paranji sirlari“ . ◆ Boy atayin dori berib qoʻygan emish, deb eshitdik. S. Zunnunova, „Olov“ .
7 s. t. Turli texnologik jarayonlarda ishlatiladigan kimyoviy dorivor moddalar.
8 koʻchma s.t. Spirtli ichimlik. \Qori kulib:] ◆ Yo tomoqlaringdan quruq oʻtmayotib-dimi? Picha dori olib kelaymi? Uygʻun, „Doʻstlar“ . ◆ Uxlaganim y-y-yoʻq, hez, doringdan quy-chi! A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .
9 s. t. Portlovchi modda, porox. ◆ Tuyachi-larning hammasida dorisi ogʻzidan tiqib otiladigan miltiq bor edi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . ◆ ..ularning kal boshlarinimiltiq dorisi bilan davolaymiz. S. Ayniy, „Qullar“ .
10 koʻchma Chora, tadbir, yoʻl; vosita. ◆ Xoʻsh, nega endi poraxoʻrlikka qarshi dori ishlab chiqarmas ekanmiz. X. Toʻxtaboyev, „Shirin qovunlar mamlakati“ . ◆ Hamkasbla-rimizni toʻgʻrilik va halollik dorisi bilan davolaymiz. X. Toʻxtaboyev, „Shirin qovunlar mamlakati“ .
Sinonimlari
Antonimlari
ДОРИ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
Ot
dori (koʻplik dorilar)
Tillar
- Portugalcha: medicamento
- Turkcha: ilâç
Ruscha ru
dori
1 лекарство, медикамент, лечебное средство; // лекарственный; ◆ suyuq ~ микстура; ◆ malham ~ пластырь; ◆ uxlatadigan ~ снотворное; ◆ ~ boʻladigan oʻtlar лекарственные травы; ◆ ~ qogʻozi уст. разг. рецепт; ◆ ~ ichmoq принимать, пить лекарство; ◆ ~ qoʻymoq мазать (рану) лекарством; прикладывать лекарство (к ране); ◆ ~-darmon лекарства, целебные средства, снадобья; ◆ ~-darmon sanoati фармацевтическая промышленность;
2 средство (от чего-л.); ◆ toklarga ~ urmoq (или sepmoq) опылять, опрыскивать виноградники; ◆ burga ~ разг. средство от блох, дуст; ◆ kuya ~ средство от моли, нафталин;
3 разг. порох; ◆ miltiq ~ порох;
4 разг. спиртное; Choʻloq, "dori"dan olib kel! (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») Хромой, принеси водочки!; ◆