Kontent qismiga oʻtish

Quvasoy

Koordinatalari: 40°18′0″N 71°58′0″E / 40.30000°N 71.96667°E / 40.30000; 71.96667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Quvasoy
shahar
Skyline of Quvasoy
40°18′0″N 71°58′0″E / 40.30000°N 71.96667°E / 40.30000; 71.96667
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Fargʻona
Hukumat
 • Hokim Zafarjon Toʻraqulov[1]
Asos solingan 1954-yil
Ilk eslatilishi XIV asr
Qachondan beri shahar 1957-yil
Rasmiy til(lar)i oʻzbekcha
Aholisi
 (2022)
96,8
Milliy tarkib Oʻzbeklar, Tojiklar, Ruslar, Qirg'izlar, Koreyslar
Konfessiyaviy tarkib Musulmonlar, provoslavlar
Vaqt mintaqasi UTC 5
Pochta indeks(lar)i 150900-150909
Quvasoy xaritada
Quvasoy
Quvasoy

Quvasoy — Fargʻona viloyatidagi 4 ta shahardan biri. Quvasoy shahri 1954-yilda tashkil topgan. Shahar markazi Quvasoy shahri. Fargʻona shahridan janubi-sharq tomonga 22 km masofada joylashgan boʻlib, Fargʻona shahri, Quva tumani, Fargʻona tumani hamda Qirgʻiziston respublikasi bilan chegaradosh. Umumiy yer maydoni 264 km² ni tashkil qiladi.

Aholisi 96,8 ming kishidan ortiq (2022-yilgi hisob-kitoblarga koʻra), shu jumladan, shahar aholisi — 42,9 ming kishi (57,6%), qishloq aholisi — 31,6 ming kishi (42,4%). Milliy tarkibga koʻra oʻzbeklar 43,5%, tojiklar 29%, qirgʻizlar 11,5%, ruslar 7,9% boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladi. Maʼmuriy hududiy tuzilishi jihatidan 36 ta aholi yashash punktlariga boʻlinadi.

Temir yoʻl stansiyasi bor. Quvasoyda kichik korxona, mikrofirma va boshqa turdagi korxonalar faoliyat yuritadi. Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonasi, shisha, idish, gʻisht, chinni, temir-beton, uy-roʻzgʻor kimyosi zavodlari, avtokorxona, qurilish korxonalari ishlab turibdi. Markaziy kasalxona, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar mavjud. Quvasoy shahrida masjidlar va cherkovlar ham faoliyat yuritadi. Undan tashqari Quvasoy katta bozori ham faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Quvasoydan Fargʻonaga avtobus, yengil avtomabillar va xususiy taksilar qatnaydi.

Qulay tabiiy sharoit, ohaktosh, gips va turli gillarning eng boy konlari, yirik koʻmir konining yaqinligi, Quvasoydan oʻtgan temir yoʻl — bularning barchasi sovet davrida yirik sanoat markazining rivojlanishi uchun sharoit yaratdi.

Shaharda 5 ta yirik sanoat korxonasi mavjud:

  • „Alesta Glass“ DP
  • „Kvarts“ OAJ
  • „United Cement Group“ UCG (Quvasaytsement)
  • „Quvasoy chinnisi“ AJ
  • „Elektroqishloq qurilish“ beton buyumlarni nazorat qilish punkti.

Sement, shifer, qurilish oynasi, konserva, shisha, temir-beton buyumlar ishlab chiqariladi.

Shaharda 8 ta qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda:

  • „TJM Deloros“ (Oʻzbek-Amerika),
  • Delcons (Oʻzbek-Amerika-Italiya) hozirda ishlamayapti,
  • „Imbek“ (Oʻzbek-Koreys),
  • „Quvasaytsement“ (Oʻzbek-Kipr),
  • „Sut vodiysi“ (Oʻzbek-Rus),
  • „Fergʻona shishasi“ (Oʻzbek-Britaniya),
  • Unitex LTD (Oʻzbek-Amerika),
  • „Art soft ceramics“.

Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha harorati 30 °C, yanvarda esa 0 °C ni tashkil qiladi.

Taʼlim va madaniyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharda „Zebuniso“ madaniyat saroyi, 29 ta umumtaʼlim maktabi (shundan 4 tasi oʻzbek va rus tillarida taʼlim beriladi), shulardan 2 tasi gimnaziya ([ayrim fanlar chuqurlashtirilgan maktab]) va 1 ta Prezident maktabi va undan tashqari 2854 oʻquvchiga moʻljallangan 3 ta kasb-hunar kolleji mavjud(2020-yilgi tahririyatga koʻra). Kutubxonalar, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻi bor.

2 https://t.me/Quvasoyliklar_Kanali