Messier 3
Messier 3 (M3; boshqa nomi NGC 5272) Canes Venatici yulduz turkumidagi sharsimon yulduzlar toʻdasidir. Ushbu yulduzlar toʻdasi eng yirik yorqin yulduzlar toʻdalaridan biri hisoblanadi. 500 mingdan ortiq yulduzlardan iborat toʻda Yerdan 33 900 yorugʻlik yili masofada joylashgan.
Kashfiyot tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1764-yilda astronom Charles Messier tomonidan kashf etilgan.
Kuzatilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Messier 3 sharsimon yulduzlar toʻdasini Shimoliy yarimsharning oʻrta kengliklarida kuzatish uchun eng qulay fursat bahor va yoz fasllaridir. Uning oddiy koʻzga koʻrinadigan yulduz kattaligi 6,4mni tashkil etadi. Bu shaharlardan uzoqda, oy chiqmagan tunda, tiniq, begʻubor osmon sharoitida yaxshi koʻrish qobiliyatiga ega kuzatuvchilar uni oddiy koʻz bilan koʻra olishini anglatadi. Durbindan foydalanilganda, juda yorqin shahar atrofi osmonida ham toʻdani topish oson α Canes Venatici yulduzlar turkumidan yorqin zargʻaldoq tusda tovlanib turuvchi Arcturus — α Bootes tomonga yoʻnalganda). 100 mm diafragmali teleskop yordamida toʻdadagi yulduzlar ham koʻzga tashlana boshlaydi hamda toʻdaning shakli mukammal yumaloq emasligi seziladi. 150 mm.lik teleskopda yuzlab yulduzdan iborat toʻpga oʻxshaydi. 200 mm teleskop orqali kuzatilganda periferik mintaqalarda yulduzlar orasidagi uzilishlar yaqqol seziladi. 275 mm.lik teleskop vositasida toʻda ulkan va tukli yulduzlar toʻdasiga oʻxshab ketadi.[1]
Messier toʻplamidagi osmon boʻylab qoʻshnilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- M 53 — (janubiy gʻarbda, Veronika sochlarida);
- M 64 — (janubi-gʻarbda, Veronika sochlarida) Qora Koʻz galaktikasi;
- M 63 va M 94 — (shimoli-gʻarbda, Canes Venatici yulduzlar turkumi) juda yorqin galaktikalar ;
- M 51 — (shimolda, Canes Venatici yulduzlar turkumi) „Whirlpool“ qoʻsh galaktikasi;
„Messier marafoni“dagi kuzatishlar ketma-ketligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]… M 94 → M 106 → M 3 → M 53 → M 64 …
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Harris W. E. A catalog of parameters for globular clusters in the Milky Way (англ.) // Astron. J. / J. G. III, E. Vishniac — IOP Publishing, American Astronomical Society, University of Chicago Press, AIP, 1996. — Vol. 112, Iss. 4. — P. 1487. — ISSN 0004-6256; 1538-3881 — doi:10.1086/118116
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Messier 3 haqida turkum mavjud |
- Messier 3 (ingl.)
- Merrifield, Michael „M3 – Globular Cluster“. Deep Sky Videos. Brady Haran.