talab
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]ta-lab
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash][a. — izlash, qidirish;
soʻrash, istash; xohish] 1 Katʼiyat bilan qi-lingan soʻrov, iltimos. ◆ Pekin nima qilsin, rahbarning buyrugʻi, talabi. H. Shame, „Dushman“ . ◆ Zamira koʻpchilikning talabi bilan oʻrnidan turar ekan, qizil atlas kuylagining rangi yuziga urganday, qip-qizarib ketdi. P. Kodirov, „Uch ildiz“ .
2 Bajarilishi, boʻlishi shart va taqozo etiladigan narsa (narsalar). ◆ Oliyoʻquv yur-tiga kirish talablari. Standart talab-lariga javob bermoq. n ◆ Biroq jangning eng masʼuliyatli paytida ustav talabini ba-jarish imkoni boʻlmadi. I. Rahim, „Chin mu-habbat“ . ◆ Mantiq talabi shu erur, shohim. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ .
3 Ehtiyoj, istak. ◆ Uning talabi katta. Madaniy mollarga talab kuchaymoqda. n ◆ Hozircha u bu hujjat bilan mamlakat talabini qondirishga — maorif frontiga bo-radi.. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ .
4 iqt. Xaridor, isteʼmolchining bozor-da muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi. ◆ Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan teiab yigʻindisi bozor talabi deyiladi. "OʻzME" .
5 s. t. Talabgor, xohlovchi. ◆ Talabbormi?U bilan kurashishga talab chiqmadi. shsh Kulich kelib yalab-yalab, Ikki yov urushga talab. "Shirin bilan Shakar" .
6 sft. Otlarga birikib, oʻsha otdan ang-lashilgan narsani istaydigan, unga muhtoj, talabgor maʼnosini bildiradi (Bunday birikmalarning aksariyati qoʻshma soʻzga aylangan). ◆ Suv talab ekinlar. Izoh talab ibora. Chopiq talab gʻoʻzalar. m ◆ Oʻktamning qovjiroq lablari choytalab edi. Oybek, „O“ . v. shabadalar. ◆ Chunonchi, Atomish, Manas —umr boʻyi tirnoq koʻrmay, farzand talab boʻlib yurgan chol va kampirning oʻgʻillari. Gʻ. Salo-mov, „Tarjima nazariyasiga kirish“ .
- Talab qilmoq (yoki etmoq) 1) qatiy tarz-da xohish-istak, talab bildirmoq; soʻra-moq. ◆ ..kekirikka ham pora talab qiladigan nafei nahanglarning kupi bitdi. "Mushtum" . ◆ ..Zamiraning qotillariga oʻlim jazosi be-rilshiini talab qilaman!S. Zunnunova, „Gul-xan; 2) taqozo etmoq, shart qilib qoʻymoq“ . ◆ Shayboniyxon bugun qoʻllamoqchi boʻlgan usul yashin tezligida harakatlanishni talab qiladi. P. Qodirov, „Yulduzli tunlar“ . ◆ Xalq hayotini gʻoyatda teran tasvirlay bilish muallifdan katta isteʼdod talab etadi. Gazetadan; 3) shv. talabgar boʻlmoq, istamoq. ◆ Suyangan farzandim, sen Yodgorjonim, Bolam, talab qilma Aymoq yurtiga. "Yodgor" .
Sinonimlari
[tahrirlash]talab qilmoq
Antonimlari
[tahrirlash]ТАЛАБ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
talab
1 требование; ◆ talab qilmoq, talab etmoq, talab aylamoq 1) требовать; 2) книжн. возыметь желание; пожелать; ◆ talab qoʻymoq ставить, выдвигать требования; ◆ talabini qondirmoq удовлетворять (чьи-л.) требования;
2 требующий; нуждающийся (в чем-л.); ◆ chopiq talab ekinlar посевы, требующие окучки;◆ Oʻktamning qovjiroq lablari choy talab edi (Ойбек, «О. в. шабадалар») Пересохшие губы Уктама жаждали чая;
3 потребность, спрос; запрос; ◆ talab va taklif спрос и предложение; ◆ keng isteʼmol mollariga talab спрос на товары широкого потребления;
4 уст. книжн. цель; ◆ talab yoʻlida на пути к цели.