Kontent qismiga oʻtish

rais

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

ra-is

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

a. رَئِيس – rahbar, boshliq, sardor, boshqaruvchi

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Baʼzi organ, tashkilot, idora, jamiyat va shu kabilarning boshligʻi, rahbari. ◆ Ashurxon, raisning bevaqt kelishidan choʻchiganidanmi yo oʻzining gunohkorligini bilganidanmi, avval bir oz oʻzini yoʻqotgan boʻlsa ham, darrov oʻnglab oldi. S. Zunnunova, „Olov“ . ◆ Mahalliy komitet raisi topshiriq-larni oʻz vaqtida bajarish uchun qanchadan-qancha vaqt ketishini oʻylagan edi. Gazetadan .

2 Majlisni boshqaruvchi shaxs. ◆ Majlis raisi. ◆ Nutq.. davomida rais majlis ahlini ikki marta tartibga chaqirdi. A. Qahhor, „Nutq“ .

3tar. Diniy marosim va urf-odat-larning bajarilishini kuzatib boruvchi, shuningdek, oʻlchov va tosh-tarozilarning toʻgʻriligini tekshiruvchi mansabdor shaxs. ◆ Aqlim olgan zargar qizi, Muftiy, aʼlam, rais, qozi, Tengdoshlarim, xush qol endi! "Bahrom va Gulandom" . ◆ Oʻqi! Har qanday qiyinchilik bilan boʻlsa-da, oʻqi! Pekin qozi boʻlma! Rais boʻlma! Imom boʻlma!Agar mudarris boʻlsang, mayli. S. Ayniy, „Esdaliklar“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

РАИС. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

rais
1 председатель; ◆ kolxoz raisi председатель колхоза;
2 ист. раис (должностное лицо, наблюдавшее за выполнением религиозных обрядов и нравственностью мусульман, а также за правильностью мер и весов).