ovloq
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]ov-loq
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]OVLOQ ’ov qilinadigan joy’; ’kimsasiz, chet’. Bu kishi bilan o v l o q d a uchrashib holganimdan choʻ— chidim. Bu soʻz qadimgi turkiy tilda a:v otiga -la qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan feʼldan (Devon, I, 283; DS, 70) —q qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, I, 64); qadimgi turkiy tildayoq a: unlisining choʻziqlik belgisi
yoʻqolgan; oʻzbek tilida a unlilari â unlilariga al— mashgan: (a:v la = a:vla— > avla-) q = avlaq > âvlâq. Bu soʻz asli ot boʻlib, sifat maʼnosini keyinchalik anglata boshlagan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Ov qilinadigan qush va \ay-vonlar serob joy. ◆ Tirikchiligini shikordan topadigan har bir ovchi shikor uchun ovloqqa yolgʻiz bir oʻq bilan chiqsin. "Fan va turmush" .
2 Markazdan uzoq, chet joy; kimsasiz yer. ◆ Ovloqda yashamoq. n ◆ Toshkentning shunday biqinida yetti uxlab tushga kirmaydigan ajoyib ovloq joylar borligi hammani hay-ratga solar edi. M. Mansurov, „Yombi“ . ◆ Joʻra-lari bilan shu ovloq orolchada oʻtkazgan baxtiyor kunlari yodiga tushdi. A. Koʻchimov, „Halqa“ .
3 Pastqam, xil vat joy, odamdan xoli joy; pastqamlik, xilvat. ◆ Sevargul to onasi ovloq koʻchaning muyulishida koʻzdan pana bul-guncha qarab turdi. N. Qilichev, „Chigʻiriq“ . ◆ Kimyoxon ikki-uch kun Azizaxonning yoʻlini poyladi, nihoyat, ovloqroq bir joyda uch-rashdi ham. N. Aminov, „Qahqaha“ . ◆ Ularni odamlar nigohidan na quyuq bogʻlar, na tun zulmati, na biron ovloq goʻsha yashira oladi. O. Muxtor, „Buxorolik bir yigit“ .
- Ovloqsa yurmoq Chetda yurmoq, jamo-atdan yoki ishdan oʻzini olib qochmoq. ◆ IAkram] ..Kasaba tashkilotidan ovloqroq yurishga harakat qilardi. S. Anorboyev, „Oqsoy“ .
4 rvsh. shv. Kishilardan xoli; tanho. ◆ Oyjamol ovloq oʻtirgan paytda qiziga gap tashlab koʻrdi. "Yodgor" .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ОВЛОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
ovloq
1 охотничий заказник; место, изобилующее дичью; место, где можно (по)охотиться;
2 безлюдная или пустынная местность; глушь; // безлюдный, пустынный; ◆ ovloq choʻl пустынная степь; ◆ ovloqda yashamoq жить в глуши;
3 перен. укромное, уединённое место; // укромный, уединённый; ◆ ovloq uy уединённая комната; ◆ ovloqda yurmoq сторониться, держаться в стороне (от кого-чего-л.).