Kontent qismiga oʻtish

UnionPay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
UnionPay
Turi Davlat tashkiloti, Toʻlov tizimi
Tarmogʻi Moliyaviy xizmatlar, bank ishi
Qachon asos solingan 2002-yil
Joylashuvi Xitoy Xitoy Xalq Respublikasi, Shanxay, Pudun tumani
Vebsayti unionpayintl.com/ru/

UnionPay — 2002 yilda tashkil etilgan xalqaro toʻlov tizimi. Xitoy Davlat kengashi va Xitoy Xalq banki tashabbusi bilan yaratilgan. Uning aksiyadorlari 200 dan ortiq moliyaviy tashkilotlardir. 2015-yilda amalga oshirilgan to‘lovlar hajmi bo‘yicha u Visa va Mastercard’dan o‘zib ketdi va dunyodagi eng yirik to‘lov tizimiga aylandi, biroq to‘lovlarning atigi 0,5 foizi Xitoydan tashqarida amalga oshiriladi.

UnionPay logotipi 2001-yilda ishlab chiqilgan. Unda ikkita iyeroglif tasvirlangan. Birinchisi „pul“, ikkinchisi — „birlashma“ degan maʼnoni anglatadi. U ingliz tiliga UnionPay deb tarjima qilingan[1].

UniionPay binosi. Shanxay.
UniionPay binosi. Shanxay.
  • 2001-yil — UnionPay logotipi yaratildi.
  • 2002-yil — China UnionPay — „Xitoy bank kartalari birlashgan kompaniyasi“ tashkil etildi. Xitoyning savdo va sanoat banki tomonidan kartochkalar markazi tashkil etildi.
  • 2004-yil — UnionPay kartalari Gonkongda qabul qilina boshlandi.
  • 2005-yil — UnionPay kartalari AQShda qabul qilina boshlandi.
  • 2010-yil — UnionPay chiqarilgan plastik kartalar soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni egalladi[2].
  • 2011-yil — Xitoy toʻlov operatsiyalari uyushmasi tashkil etildi.
  • 2012-yil — Shanxayda UnionPay International tashkil etildi[1].
  • 2015-yil — UnionPay tranzaktsiyalar soni boʻyicha Visa tizimini ortda qoldirib dunyoda birinchi oʻrinni egalladi[3].

2018-yil oxiriga UP kartalarining global muomaladagi ulushi 45 foizni tashkil etdi, bu 2017-yilga nisbatan 1 foizga koʻpdir [4] .

2019-yil dekabr oyi holatiga ko‘ra, UnionPay to‘lov kartalari dunyoning 177 dan ortiq mamlakatlarida qabul qilinmoqda[5], 58 mamlakat banklari UnionPay kartalarini chiqarmoqda [6].

UnionPay Oʻzbekistonda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkentda 2016-yil 20-iyunda „Oʻzbekistonda UnionPay xalqaro kartalari ekvayringi (toʻlovlarga qabul qilish) boʻyicha loyiha taqdimoti“ boʻlib oʻtdi. Loyiha tashkilotchilari sifatida Yagona umumrespublika protsessing markazi va Oʻzbekiston Milliy Banki qatnashdi[7]. Taqdimotda UnionPay prezidenti Shi Venchao boshchiligidagi tashkilot delegatsiyasi ishtirok etdi[8]. Ushbu loyiha UnionPay kartalarini Oʻzbekiston hududida mahalliy toʻlov tizimi — Uzcard tarmogʻiga ulangan 190 mingdan ortiq toʻlov-xizmat koʻrsatish nuqtalarida (terminal va bankomatlarda) ishlatish imkonini beradi[9].

2021-yil 22-martdan boshlab UnionPay kartalari Oʻzbekiston hududida mahalliy toʻlov tizimi — HUMO tarmogʻiga ulangan toʻlov-xizmat koʻrsatish nuqtalarida (terminal va bankomatlarda) qabul qilina boshladi[10].

Hozirgi kunda UnionPay kartalarini Oʻzbekistonda quyidagi banklar chiqarayapti[11]:

Bank nomi Karta turi
Agrobank Uzcard-UnionPay
Aloqabank Uzcard-UnionPay
Asia Alliance Bank UnionPay Classic
Davr Bank UnionPay Classic
Uzcard-UnionPay
Hamkor Bank UnionPay Classic
Uzcard-UnionPay
Invest Finance bank UnionPay Classic
Ipak Yoʻli banki UnionPay Exchange
UnionPay Classic
UnionPay Gold
UnionPay Classic kontaktsiz karta
UnionPay Platinum
Mikrokreditbank Uzcard-UnionPay
Orient Finans bank UnionPay Classic
Oʻzsanoatqurilishbank UnionPay Gold
Poytaxt bank Uzcard-UnionPay
Qishloq Qurilish Bank UnionPay Classic
Savdogarbank Uzcard-UnionPay
Universalbank Uzcard-UnionPay
Xalq banki Uzcard-UnionPay
  1. 1,0 1,1 „UnionPay в мире платежных систем“. 2020-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-yanvar.
  2. Visa sdala pozitsii China UnionPay (Wayback Machine saytida 2015-04-04 sanasida arxivlangan) // Bankir.Ru, 15 avgusta 2011
  3. „Все о UnionPay“. 2020-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-yanvar.
  4. „Позиции UnionPay укрепляются. Национальные системы продолжают экспансию?“. 2019-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-yanvar.
  5. „List of Countries/Regions accepting UnionPay Cards“. 2022-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-mart.
  6. „UnionPay в 2019 году обеспечит прием своих карт по всей России“. 2019-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-yanvar.
  7. „UNIONPAY БУДЕТ ПОДКЛЮЧЕНА К СИСТЕМЕ UZCARD“ (2016-yil 21-iyun). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  8. „В Узбекистане появится китайская платежная система UnionPay“ (2016-yil 14-iyun). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  9. „Карты UnionPay будут доступны в платежной системе Uzcard“ (2016-yil 20-iyun). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  10. „HUMO UnionPay kartalarini qabul qilishni boshladi“ (2021-yil 23-mart). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  11. „UnionPay to'lov tizimi kartalari: nima uchun kerak va qaysi banklardan olish mumkin?“ (2022-yil 13-iyun). Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.