Kontent qismiga oʻtish

Rafiq Huseynov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rafiq Radik o‘g‘li Huseynov
Shaxsiy ma'lumotlar
Millati  Ozarbayjon
Tug'ilishi 16-may 1988-yil (34 yosh)
Toshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR
Balandligi Andoza:Infobox shaxs/balandligi
o'g'irligi 84 kg (185 lb)
Sport
Sport Yunon-rum kurashi
klub Armiya markaziy sport klubi
Murabbiylari Radik Huseynov
Medallari va yutuqlari
Olimpiya o‘yinlari
Bronza Тokio 2020 77 kg gacha
Jahon chempionati
Kumush Nur-Sulton 2019 82 kg gacha
Oltin Оslo 2021 82 kg gacha
Yevropa o‘yinlari
Kumush Boku 2015 80 kg gacha
Yevropa chempionati
Oltin Dortmund 2011 82 kg gacha
Bronza Каspiysk 2018 82 kg gacha
Oltin Rim 2020 82 kg gacha
Oltin Budapesht 2022 82 kg gacha
Jahon kubogi
Kumush Кlermon-Ferran 2009 74 kg gacha
Kumush Saransk 2012 74 kg gacha
Bronza Теxron 2013 84 kg gacha
Oltin Теxron 2015 80 kg gacha
Osiyo chempionati
Kumush Boku 2017 80 kg gacha
Oltin Коnya 2021 82 kg gacha

Andoza:Wikidata image

Rafiq Radik o‘g‘li Huseynov (ozarbayjoncha: Rafiq Radik oğlu Hüseynov,  1988-yil 16-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — ozarbayjonlik yunon-rum kurashchisi,  Ozarbayjon terma jamoasi aʼzosi, 2021-yilgi Jahon chempioni, uch karra Yevropa chempioni (2011-yil, 2020-yil va 2022-yil), 2015-yilgi Jahon kubogi g‘olibi, 2015-yil Bokudagi Yevropa o‘yinlari va 2019-yilgi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori. Shuningdek, 2020-yil  Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlari va 2018-yilgi Yevropa chempionatining  bronza medali sovrindori, 2008-yil o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempioni.

Rafiq Huseynov 1988-yil 16-mayda O‘zbekiston SSR poytaxti Toshkent shahrida tug‘ilgan. Rafiqning oilasi bir yoshida Bokuga ko‘chib o‘tgan.

1995-2004-yillarda № 291-sonli „Araz“ ekologiya litseyida tahsil olgan.1996-yildan Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi (sobiq „Dinamo“) sport jamiyati vakili. Rafiq Huseynovning murabbiyi uning otasi, Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Radik Huseynov hisoblanadi.

Huseynov 2005-2006-yillarda Boku shahridagi Respublika olimpiya sport litseyida o‘qishni davom ettirgan. 2006-yilda Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universitetining  Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetiga o‘qishga kirgan va 2010-yilda „Bojxona va bojxona ekspertizasini tashkil etish“ mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Rafiq Huseynov (chapda) 2017-yilgi Islom birdamlik o‘yinlarining Bokudagi taqdirlash marosimida

Huseynov Rafiq 2010-2011-yillarda  Ozarbayjon qurolli kuchlarida xizmat qilgan. 2011-yilda Yevropa chempioni bo‘lgan. 2009-yildan — sport ustasi, 2015-yildan — Xizmat ko‘rsatgan sport ustasi.

2017-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan ,,Islom birdamlik o‘yinlari"da 80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Huseynov finalda eronlik sportchi Yusuf Xaderyanga yutqazib, kumush medal sohibiga aylangan[1].

Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tgan 2019-yilgi Olimpiya o‘yinlaridan oldingi jahon chempionatida  esa Rafiq 82 kilogramm vazn toifasida finalda gruziyalik polvon Lashe Gobadzega imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritgan.

2020-yil fevral oyida R.Huseynov Italiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan qitʼa chempionatida 82 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi chempionlik uchun kurashda bolgariyalik sportchi Daniel Aleksandrovni mag‘lubiyatga uchratib, Yevropa chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritgan va ikki karra Yevropa chempioniga aylangan.

2020-yilning mart oyida Huseynov bir vaznda yaxshi ketayotgandi, ammo COVID sabab Huseynov o‘z vaznini 87 kg ga ko‘tarishga harakat qilgan. Lekin  o‘sha paytga qadar milliy terma jamoada ushbu vazn toifasidagi kuchli polvonlar borligi sababli, Huseynov vaznini 77 kg ga tushirishga qaror qilgan[2].

2021-yilning 8-may kuni Sofiyada bo‘lib o‘tgan 2020-yilgi Olimpiada o‘yinlarining litsenziyalangan turnirida 77 kg vazn toifasida Rafiq Huseynov yarim finalda 2017-yilgi Jahon chempioni serbiyalik Viktor Nemeshni mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqqan va Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritgan[3]. Ushbu turnirda Huseynov o‘z vaznini 12 kg ga tushirib, yetti yillik tanaffusdan so‘ng 77 kg vazn toifasiga qaytgan[2].

2021-yil avgust oyida Rafiq Huseynov Tokio Olimpiadasida debyut qilgan. Vazni 77 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Huseynov birinchi jangida shvetsiyalik  Aleks Kessidisani 1:1 hisobida mag‘lub etgan, chunki u oxirgi bo‘lib qabul qilingan. Rafiq chorak finalda qirg‘izistonlik  Akjol Maxmudovga 1:9 hisobida imkoniyatni boy bergan. Mahmudovning finalga chiqishi Huseynovga bronza uchun javob bahslarida kurashish imkoniyatini bergan[4]. Huseynov birinchi javob bahsida tunislik Lamjed Maafini 11:1 hisobida mag‘lub etgan. Hal qiluvchi jangda Rafiq Huseynov armanistonlik Karapet Chalyanni mag‘lub etib, bronza medalini qo‘lga kiritgan[5]. Huseynov o‘zining g‘alabasini otasi, shaxsiy murabbiyi Radik Huseynovning g‘alabasi deb atagan. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, u yaxshi o‘yin ko‘rsata olmagan va Mahmudov bilan bo‘lgan jangdan keyin ham o‘ziga kela olmagan[6].

Rafiqning otasi va shaxsiy murabbiyi — Radik Huseynov Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, harbiy polkovnik. Rafiqning egizak ukalari Odil va Rufat ham professional kurash bilan shug‘ullanishadi va ular ham terma jamoa aʼzolaridir.

Rafiq Huseynov oilali, uning ikki nafar o‘g‘il farzani bor.

Jahon chempionatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Musobaqa milliy terma jamoa Ogʻirlik toifasi O‘rin
2007-yilgi Kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati    Ozarbayjon 66 kg 3
2008-yilgi Kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati  Ozarbayjon 66 kg 3
2009-yilgi Kurash bo‘yicha Jahon chempionati    Ozarbayjon 74 kg 5
2010-yilgi Kurash bo‘yicha Jahon chempionati     Ozarbayjon 74 kg 5

Yevropa chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Musobaqa milliy terma jamoa Ogʻirlik toifasi O‘rin
2004-yilgi Kadet kurashi bo‘yicha Yevropa chempionati  Ozarbayjon 58 kg 3
2005-yilgi Kadet kurashi bo‘yicha Yevropa chempionati  Ozarbayjon 63 kg 2
2007-yilgi Kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati  Ozarbayjon 66 kg 2
2008-yilgi Kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati  Ozarbayjon 74 kg 1
2011-yilgi Kurash bo‘yicha Yevropa chempionati  Ozarbayjon 74 kg 1
2018-yilgi Kurash bo‘yicha Yevropa chempionati  Ozarbayjon 82 kg 3

Jahon chempionatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Musobaqa milliy terma jamoa Ogʻirlik toifasi O‘rin
2009-yilgi Kurash bo‘yicha Jahon kubogi  Ozarbayjon 74 kg 2
2011-yilgi Kurash bo‘yicha Jahon kubogi  Ozarbayjon 74 kg 4
2012-yilgi Kurash bo‘yicha Jahon kubogi  Ozarbayjon 74 kg 2
2013-yilgi Kurash bo‘yicha Jahon kubogi  Ozarbayjon 84 kg 3
2015-yilgi Kurash bo‘yicha Jahon kubogi  Ozarbayjon 80 kg 1

Yevropa oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Musobaqa milliy terma jamoa Ogʻirlik toifasi O‘rin
2015-yilgi Yevropa o‘yinlari  Ozarbayjon 80 kg 2

Boshqa musobaqalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Musobaqa milliy terma jamoa Ogʻirlik toifasi O‘rin
2009-yilgi Cristo Lutte turniri  Ozarbayjon 74 kg 1
2009-yilgi Kurash Oltin Gran-pri  Ozarbayjon 74 kg 1
2010-yilgi Vehbi Emre nomidagi xalqaro turniri  Ozarbayjon 74 kg 2
2011-yilgi Vehbi Emre nomidagi xalqaro turniri  Ozarbayjon 74 kg 1
2011-yilgi Kurash bo‘yicha Oltin Gran-pri  Ozarbayjon 74 kg 5
2011-yilgi Lights of Moscow xalqaro turniri  Ozarbayjon 74 kg 2
2012-yilgi Kurash bo‘yicha Oltin Gran-pri  Ozarbayjon 84 kg 3
2012-yilgi Lights of Moscow  xalqaro turniri  Ozarbayjon 84 kg 2
2013-yilgi Lights of Moscow xalqaro turniri  Ozarbayjon 84 kg 5
2013-yil Kurash bo‘yicha Oltin Gran-pri  Ozarbayjon 74 kg 1
2014-yil Kurash bo‘yicha Oltin Gran-pri  Ozarbayjon 80 kg 3
2014-yil Kurash bo‘yicha Oltin Gran-pri  Ozarbayjon 75 kg 1
2014-yilgi Lights of Moscow xalqaro turniri  Ozarbayjon 80 kg 3

Mukofot va unvonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining 2015-yil 29-iyundagi farmoni bilan Ozarbayjon sportini rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari uchun „Taraqqiyot“ (ozarbayjoncha: «Tərəqqi») ordeni bilan taqdirlangan.