Lebap viloyati
Lebap viloyati turkmancha: Lebap welaýaty | |
---|---|
viloyat | |
39°0′0″N 63°0′0″E / 39.00000°N 63.00000°E | |
Mamlakat | Turkmaniston |
Hukumat | |
Asos solingan | 1992 |
Avvalgi nomlari | Charjou viloyati |
Maydon | 93,730 km2 (36,190 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | Turkman tili |
Aholisi (2011) |
1 421 100 |
Zichligi | 13 kishi/km2 |
Milliy tarkib | turkmanlar, ruslar, oʻzbeklar, tojiklar, qozoqlar, afgʻonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC 5 |
Telefon kodi | 993 422 |
Avtomobil kodi | LB |
|
Lebap viloyati (turkmancha: Lebap welaýayty) — Turkmanistondagi viloyat (dastlab 1939-yil 20 noyabrda tashkil etilgan, 1963-yilda tugatilgan. 1970-yil 14-dekabrda qayta tiklangan). 1993-yil gacha Chorjoʻy viloyati nomi bilan yuritildi. Qoraqum choʻlining sharqida Amudaryo oʻrta oqimining har ikki sohilida joylashgan (Lebap — Labiob, yaʼni, Daryo boʻyi, nomi shundan). Maydoni 93,8 ming km². Aholisi 1034,7 ming kishi (1999). Viloyatda 13 tuman, 4 shahar, 26 shaharcha, 103 qishloq va 458 aholi punkti bor. Viloyat markazi Turkmanobod shahri.
Tabiati. Lebap viloyati hududining 75%ni Qoraqum choʻli egallagan. Viloyat hududi shim.-gʻarbdan jan.-sharqqa 690 km ga choʻzilgan, eni sharqdan gʻarbga 135– 225 km. Lebap viloyati shim.da Amudaryoning gʻarbida Zaunguz Qoraqumigacha yetib, Mari—Turkmanobod t.yildan jan.da Qorakumning jan.-sharqiy qismini oʻz ichiga olgan. Viloyatning jan.-gʻarbiy chekkasida Qorabel qirlarining bir qismi joylashgan. Shim.-sharqiy qismi (Amudaryoning oʻng sohili) Qizilqum choʻlidan iborat, undan jan.-sharqda Sandiqli qum choʻli mavjud. Viloyatning jan.-sharqiy chegarasida Mukri platosi bilan Gugurttogʻ va Koʻhitang (eng baland joyi 3139 m) togʻlari bor.
Lebap viloyati iqlimi keskin kontinental, quruq. Yozi issiq, qishi moʻʼtadil sovuq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 29,5°, yanvarniki shimolida —4°, jan.da 2°. Yillik yogʻin miqdori shim.da 100 mm, jan.da 150–200 mm. Vegetatsiya davri 203—235 kun. Koʻllardan Botli, Qargʻali, Qizilcha, Patdali, Sulton Sanjar va boshqa bor. Tuprogʻi, asosan, boʻz tuproq. Oʻsimliklardan choʻl qismida qum bardidoshi, oq saksovul, quyonsuyak, qandim va boshqa, Amudaryo vodiysida toʻqay oʻsimliklardan turangʻil, terak, tol oʻsadi, togʻlarda archazorlar uchraydi. Yovvoyi hayvonlardan choʻllarda jayran, dasht mushugi, tulki, boʻri, chiyaboʻri, kemiruvchilardan qumsichqon, yumronqoziq, qushlardan xoʻjasavdogar, choʻl qizilishtoni, sudraluvchilardan ilon, kaltakesak, toshbaqa, Amudaryo vodiysida buxoro bugʻusi, qobon yashaydi. Lebap viloyati hududida Koʻhitang va Repetek qoʻriqxonalari joylashgan.
Aholisi, asosan, turkmanlar, shuningdek, oʻzbek, rus, tatar, ukrain, ozarbayjon, arman va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 445 ming kishi, qishloq aholisi 589,7 ming kishi. Aholisi zichligi 1 km² ga 11 kishi (1999).
Xoʻjaligi. Viloyatda yengil va oziqovqat, gaz, kimyo, paxta tozalash, ipakchilik, qorakoʻl terisiga dastlabki ishlov berish, yogʻ-moy kabi sanoat tarmoqlari rivojlangan. Asosiy korxonalar Turkmanobodda. Tuman markazlarida paxta tozalash zavodlari, Otamurodda sut, goʻsht, non kombinatlari, gilam fabrikasi, qishloq xoʻjaligi mashinalarini tuzatish zavodi, Gugurttogʻda oltingugurt kombinati, Seydi shahrida neftni qayta ishlash zavodi bor. Turkmanoboddan shim.da neft-kimyo majmuasi barpo etilgan. Lebap viloyatida sugʻorib dehqonchilik qilinadigan yerlarining asosiy ekini—paxta (jumladan, ingichka tolali navlar ham ekiladi). Gʻalla, poliz ("gulobi" qovun navi mashhur), sabzavot ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik va tokchilik bilan shugʻullaniladi. Choʻl yaylovlarida qorakoʻl qoʻylari, Amudaryoga yaqin yerlarda qoramol boqiladi. Lebap viloyati Turkmanistonning asosiy ipakchilik rayoni. Lebap viloyati, avtomobil yoʻllari bor. Amudaryo va Qoraqum kanalida kema qatnaydi. Asosiy pristanlari Otamurod, Nichkapir, Turkmanobod. Viloyat markazi havo yoʻllari orqali Ashxobod va boshqa shaharlar bilan bogʻlangan. Pedagogika instituti, 3 oʻrta bilim yurti, 8 litsey, jamoat kutubxonalari, 4 muzey, teatr, 26 kasalxo-na bor. "Turkman gundogari" ("Turkman sharqi") gaz. chiqadi.[1]
Lebap viloyati - Turkmanistondagi viloyat. 1992-yilda asos solingan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hududiy boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eslatma
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Turkmaniston viloyatlari | ||
---|---|---|
Ahal viloyati | Bolqon viloyati | Toshoʻgʻuz viloyati | Lebap viloyati | Mari viloyati | | ||
Viloyatlarni boshqaruvchi shahar - Ashxabod |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |