Diatermiya
Diatermiya (dia... va yun. therme — issiqlik, qarorat) — elektr bilan davolash usullaridan biri, bunda gavda ichkarisidagi toʻqima va aʼzolar yuqori chastotali (1000—1650 kGs) va katta kuchli (3 A gacha) oʻzgaruvchan tok bilan isitiladi. D.da butun organizmni isit-may turib, gavdaning istalgan joyida ancha ichkaridagi toʻqimalar temperaturasini tez koʻtarish mumkin. Bunda toʻqimalardagi issiqlik tashkaridan berilgan issiqlikka nisbatan uzoqroq ushlanib turadi. Toʻqimalarni qizdirish tufayli qon va limfa aylanishi yaxshilanadi, moddalar almashinuvi kuchayadi. D. leykotsitlarning himoya funksiyasini oshiradi, shu tufayli oʻrtacha oʻtkir va surunkali yalligʻlanish kasalliklarini davolashda koʻp qoʻllanadi. Yuqori chastotali oʻzgaruvchan tok tebranishlari markaziy va periferik nerv sistemasining qoʻzgʻaluvchanligini kamaytirib, ogʻriqni bosadi, bu esa nevralgiya, nevrit, radikulit, bod va b. kasalliklarni davolashda qoʻl keladi. Skelet muskullari va ichki aʼzo (jumladan, qon tomiri) muskullari issikda boʻshashadi. Shuning uchun qon tomirlarining torayishiga aloqador kasalliklarga, siydik va oʻt yoʻllari, shuningdek, oʻt pufagi spazmiga, meʼda va oʻn ikki barmoq ichakning yara kasalligiga davo qilishda D.dan foydalaniladi. Jar-roxlik, dermatologiya va b. sohalarda toʻqimalarni kuydirish va qirqish uchun D. qulay, chunki unda deyarli kon oqmaydi, ogʻriq kam boʻladi, oʻsma hujayralari va infeksiya tarqalish xavfi kamayadi (yana q. Diatermokoagulyasiya).
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |