Kontent qismiga oʻtish

Brilliant

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Brilliant (frans. brillant — yaltiroq soʻzidan) — sunʼiy ishlov berib sayqallangan (qirralangan) olmos. Tomonlari 6, 8, 12, ... 56 gacha qirralarga ega boʻladi. Bunday qirralash toshning tabiiy jilosini yuzaga chiqaradi. Brilliantga tushgan nur yuqori dispersiya (nurning boʻlinishi) tufayli kamalakday tovlanadi. Zargarlik sanʼatida keng ishlatiladi: qimmatbaho metall gardishga alohida (uzuk, isirga, ilma tugma — zaponkada), buyum bezagi mujassamoti asosi yoki qismlarini hosil qiluvchi (toʻgʻnogʻich, toj va boshqalarda) "koʻz"lar holida oʻrnatiladi. Brilliant shuningdek orden va yuksak nishonlarni ham bezaydi. Brilliant ogʻirligi karat (0,2 g) larda oʻlchanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil